Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Aksariyat maktablarda ba'zi fanlardan mutaxassislar yo‘q.

Aksariyat maktablarda ba'zi fanlardan mutaxassislar yo‘q. Bu kabi muammolarga yechim topishda xalq ta'limi boshqarmasi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilayaptimi?

Dilafro‘z Axmedova, Oqdaryo tumani, tikuvchi.

Aksariyat maktablarda mutaxassis o‘qituvchilar yetishmaydi degan fikr noto‘g‘ri. Haqiqatda, bugungi kunda viloyatdagi umumta'lim maktablarida nafaqa yoshiga yetib kelayotgan 28 % o‘rta maxsus ma'lumotli o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularni bosqichma – bosqich oliy ma'lumotli mutaxassislar bilan qoplash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, 2002 yildan keyin kollejlarni bitirgan talabalar o‘qituvchi lavozimiga ishga qat'iy ravishda qabul qilinmayapti. Har yili SamDU, SamDCHTI hamda Navoiy va Jizzax pedagogika institutlari bilan shartnomalar tuzilib, yosh mutaxassislar ishga qabul qilinmoqda. Shu jumladan, 2013 yilda ushbu oliygohlarning mingga yaqin samarqandlik bitiruvchi talabalarining umumta'lim maktablariga ishga kelishi kutilmoqda. 


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 13:24;   Ko‘rilganligi: 184
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/education/parents/questions-answers/aksariyat-maktablarda-bazi-fanlardan-mutaxassislar-yoq
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 07:59
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing