Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Bu yil birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarga ingliz tili o‘qitiladi.

Bu yil birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarga ingliz tili o‘qitiladi. Buning uchun o‘qituvchilar yetarlimi?

Sharifa Mo‘minova, Narpay tumani, uy bekasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimni yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875- sonli qarori ijrosini ta'minlash borasida viloyat xalq ta'limi tizimida muayyan ishlar bajarilmoqda. Jumladan, barcha umumta'lim maktablarining chet tillari xonalarining moddiy – texnik bazasi inventarizatsiya qilinib, amalda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar bazasi tahlil qilindi. Tahlillarga ko‘ra, 2012-2013 o‘quv yilining birinchi yarimyilligida Ishtixon, Payariq, Qo‘shrabot, Urgut, Nurobod, Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on tumanlarining 31ta  umumta'lim maktabida chet tili o‘qitilmagan. Tezkor choralar natijasida ushbu maktablar o‘rindosh o‘qituvchilar va yangi ishga kelgan o‘qituvchilar hisobidan to‘liq ta'minlandi.

2013-2014 o‘quv yilida 1- sinflar soni 2436 tani tashkil qilib, ularga 61920 nafar o‘quvchilar qabul qilingan. Aksariyat ota – onalarning xohish – istaklarini inobatga olib, viloyatdagi barcha umumta'lim maktablarining 1- sinfidan boshlab ingliz tili o‘qitiladi (Samarqand shahridagi fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan 43- umumta'lim maktabi va nemis tiliga ixtisoslashtirilgan 51- umumta'lim maktablaridan tashqari). Bugungi kunda amalda faoliyat ko‘rsatayotgan ingliz tili o‘qituvchilari soni 1679 nafarni tashkil qilib, ehtiyoj to‘liq qoplangan.


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 13:31;   Ko‘rilganligi: 265
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/education/parents/questions-answers/bu-yil-birinchi-sinfdan-boshlab-oquvchilarga-ingliz-tili-oqitiladi
Chop etilgan vaqti: 10/12/2019 01:50
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing