Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Darsga qatnashmagan o‘quvchi uchun kim javob beradi?

Darsga qatnashmagan o‘quvchi uchun kim javob beradi? Ota-onami, mahallami yoki maktab?

O‘ktam Xo‘jamqulov, Payariq tunai, o‘qituvchi

O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining 30- moddasida voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolalarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishlari uchun javobgarligi belgilab qo‘yilgan. Albatta, ta'lim muassasasining ham qaysidir ma'noda javobgarligi bo‘lib, bu borada “Maktab, oila, mahalla” hamkorligi konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Muntazam darsga qatnashmaydigan o‘quvchilar belgilangan tartibda tuman, shahar hokimliklari qoshida tuzilgan voyaga yetmagan komissiyalar nazoratiga olinib, ular bilan profilaktik ishlar olib boriladi. 


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 13:26;   Ko‘rilganligi: 166
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/education/parents/questions-answers/darsga-qatnashmagan-oquvchi-uchun-kim-javob-beradi
Chop etilgan vaqti: 18/09/2019 06:17
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing