Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Darsliklarning ijara narxlarini bilmoqchi edim. Maktab direktori unga ustama qo‘yishi mumkinmi?

Darsliklarning ijara narxlarini bilmoqchi edim. Maktab direktori unga ustama qo‘yishi mumkinmi?

Botir Kenjayev, Oqdaryo tumani, tadbirkor

Har yili 25 avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ijara darsliklari narxlari tasdiqlangandan so‘ng Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tegishli buyruq qabul qilinib, matbuotda e'lon qilinadi va barcha umumta'lim maktablariga yetkaziladi. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan ijara darsliklari narxlarini barcha umumta'lim maktablarida tashkil etilgan oshkoralik oynalarida chiqarib qo‘yish bo‘yicha qat'iy ko‘rsatmalar berilgan. Maktab ma'muriyati tomonidan ijara darsliklari narxini oshirish qat'iyan man etiladi. Bundan tashqari har yili viloyat xalq ta'limi boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida yangi o‘quv yilining sentyabr oyida ommaviy axborot vositalarida ochiq muloqotlar tashkil qilinadi. Shuningdek, viloyat halq ta'limi boshqarmasining rasmiy saytining (www.pastdargom.xtb.uz) "Ota-onalarga" bo‘limida ham yagona ijara to‘lov miqdorlari e'lon qilinadi.


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 13:33;   Ko‘rilganligi: 237
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/education/parents/questions-answers/darsliklarning-ijara-narxlarini-bilmoqchi-edim-maktab-direktori-unga-ustama-qoyishi-mumkinmi
Chop etilgan vaqti: 20/11/2019 06:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing