Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Har bir maktabda kelishilgan holda maktab ma'muriyati forma joriy qilayapti. Shu to‘g‘rimi?

Har bir maktabda kelishilgan holda maktab ma'muriyati forma joriy qilayapti. Shu to‘g‘rimi?

Zafar Nazarov, Urgut tumani, tadbirkor

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 7 iyundagi 177- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktab ichki tartib qoidalari”ning IV –bo‘limi 5- bandida ota – onalarning huquqi va majburiyatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ular tomonidan farzandlarining maktabning ustavida ko‘rsatilgan o‘quvchilar formasida bo‘lishini ta'minlash  majburiyati belgilangan. Ushbu buyruq ijrosini ta'minlash yuzasidan xalq ta'limi vazirligining o‘quvchilar va o‘qituvchilar formasi bo‘yicha tavsiyalari barcha umumta'lim maktablariga yetkazilgan bo‘lib, har bir maktab o‘ziga mos bo‘lgan formani tanlagan. 


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 13:21;   Ko‘rilganligi: 150
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/education/parents/questions-answers/har-bir-maktabda-kelishilgan-holda-maktab-mamuriyati-forma-joriy-qilayapti-shu-togrimi
Chop etilgan vaqti: 19/08/2019 02:59
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing