Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Homiylik yordamini ota – onalardan majburan yig‘ib olishga qarshi qanday ishlar qilinayapti? Sevara Tursunova, Jomboy tumani, uy bekasi

Homiylik yordamini ota-onalardan majburan yig‘ib olishga qarshi qanday ishlar qilinayapti?

Sevara Tursunova, Jomboy tumani, uy bekasi

Yuqorida aytilganidek, homiylik yordamlari ota – onalarning shaxsiy tashabbusi va istak – xohishi bilan amalga oshirilib, ularning majburiyligi qonuniy hujjatlarda belgilanmagan. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan ta'lim muassasalarida olib borilayotgan ishlarning oshkoraligini ta'minlash bo‘yicha doimiy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, so‘z va axborot erkinligini ta'minlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar siyosatining ochiqligini ta'minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatdorligiga dahldor bo‘lgan qarorlar to‘g‘risida aholini xabardor etish maqsadida viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2013 yil 28 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 martdagi “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi sinovi bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish haqida”gi F-3987-sonli farmoyishi hamda viloyat hokimining 2013 yil 25 martdagi 77- K- sonli qarori ijrosini ta'minlash to‘g‘rsida”gi 64- sonli buyrug‘i qabul qilingan. Ushbu buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida boshqarmaning pastdargom.xtb.uz rasmiy veb-saytida eksperiment o‘tkazish subyektlarining axborotlari joylashtirib borilmoqda.


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 13:18;   Ko‘rilganligi: 229
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/education/parents/questions-answers/homiylik-yordamini-ota-onalardan-majburan-yigib-olishga-qarshi-qanday-ishlar-qilinayapti-sevara-tursunova-jomboy-tumani-uy-bekasi
Chop etilgan vaqti: 20/11/2019 07:04
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing