Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Maktab o‘quvchilaridan remont va boshqa narsalarga yig‘ib olinadigan mablag‘ uchun kvitansiyalar berilishi kerak deb eshitdim

Maktab o‘quvchilaridan remont va boshqa narsalarga yig‘ib olinadigan mablag‘ uchun kvitansiyalar berilishi kerak deb eshitdim. Bu – yig‘ilgan mablag‘ning qayerga sarflanishi haqida bilishimizga yordam beradi. Ammo amalda nega kvitansiyalar berilmayapti?

Maxbuba Shukurova, Samarqand shahri, tadbirkor

Maktab ma'muriyati tomonidan ta'mirlash ishlari uchun o‘quvchilardan pul yig‘ish ta'qiqlangan bo‘lib, zarurat bo‘lgan joylarda ota – onalar qo‘mitalarining tashabbuslari bilan kerakli mablag‘ yig‘ilib, sarflangan xarajatlar to‘g‘risida ota-onalar yig‘ilishlarida hisobot berib borish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berilgan va nazoratga olingan. Sizning farzandingiz o‘qiyotgan maktabda ortiqcha pul yig‘ilishlar holatiga yo‘l qo‘yilayotgan bo‘lsa, bu haqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 0 (366) 233-37-65 ishonch telefoniga xabar berishingiz mumkin.


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 13:16;   Ko‘rilganligi: 176
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/education/parents/questions-answers/maktab-oquvchilaridan-remont-va-boshqa-narsalarga-yigib-olinadigan-mablag-uchun-kvitantsiyalar-berilishi-kerak-deb-eshitdim
Chop etilgan vaqti: 18/09/2019 06:18
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing