Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Men farzandimni boshqa hududdagi maktabga bermoqchiman.

Men farzandimni boshqa hududdagi maktabga bermoqchiman. Bunga ruxsat berilganmi?

Bobir Karimov, Jomboy tumani, ishchi

O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida jinsi, irqi, yoshi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, turar joyidan qat'iy nazar har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.

Umumta'lim maktablarida o‘quvchilar harakatini tartibga keltirish, ta'lim muassasalarining quvvatidan samarali foydalanish hamda o‘quvchilar soni sanitariya qoidalari va me'yorlaridan oshmasligini ta'minlash maqsadida mahalliy hokimliklar tomonidan har bir umumta'lim maktabining mikrohududi belgilangan bo‘lib, unga asosan farzandingiz turar joyingizdagi maktabga borishi kerak.  


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 13:21;   Ko‘rilganligi: 250
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/education/parents/questions-answers/men-farzandimni-boshqa-hududdagi-maktabga-bermoqchiman
Chop etilgan vaqti: 07/12/2019 20:39
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing