Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Men farzandimning darslarni qanday o‘zlashtirishi va o‘qituvchining dars o‘tish jarayonini ochiq darslardan tashqari holatda ham sinfga kirib kuzatishim mumkinmi?

Men farzandimning darslarni qanday o‘zlashtirishi va o‘qituvchining dars o‘tish jarayonini ochiq darslardan tashqari holatda ham sinfga kirib kuzatishim mumkinmi?

Zarina Ma'rupova, Urgut tumani, uy bekasi

Hozirgi kun talablariga ko‘ra o‘qituvchining har bir darsi ochiq dars darajasida tashkil etilishi lozimdir. Siz o‘qituvchilarga halaqit bermagan holda dars kuzatishga kirishingiz mumkin. “Maktab, oila, mahalla” hamkorligi konsepsiyasida ham ota-onalar va maktab hamkorligida bu yo‘nalishdagi ishlar inobatga olingan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta'limi  xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275- sonli qarorida yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama haqini belgilash uchun tuzilgan maxsus komissiya tarkibiga ota-onalar vakili a'zo qilib kiritilgan bo‘lib, ularning dars kuzatishlari shartligi belgilab qo‘yilgan.


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 13:17;   Ko‘rilganligi: 132
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/education/parents/questions-answers/men-farzandimning-darslarni-qanday-ozlashtirishi-va-oqituvchining-dars-otish-jarayonini-ochiq-darslardan-tashqari-holatda-ham-sinfga-kirib-kuzatishim-mumkinmi
Chop etilgan vaqti: 19/08/2019 02:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing