Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja

Yangi tayanch o‘quv reja

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va  o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorlariga muvofiq, shu yil 16 mayda Xalq ta'limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun 2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 165-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta'lim muassasalari uchun 2017–2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja hamda tushuntirish xati tasdiqlandi.

Buyruqqa asosan 2017-2018 o‘quv yilida 1- va 4- (5-sinfda faqat chet tili) hamda 6- va 7-sinflarda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat ta'lim standartlari talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv dasturlari amaliyotga joriy etilishi belgilandi. Respublika ta'lim markaziga shu yil  25 iyunga qadar o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta'lim standartlari talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv dasturlari asosida fanlar yo‘nalishida tavsiyalar ishlab chiqish va barcha ta'lim muassasalariga yetkazilishini ta'minlash, hududiy xalq ta'limi boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda o‘quv reja va uning ijrosi bilan bog‘liq hujjatlarning mazmun-mohiyatini an'anaviy avgust kengashlarida  keng tushuntirish ishlarini  tashkil qilish vazifalari yuklatildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari tayanch o‘quv reja va tushuntirish xatida belgilangan vazifalar ijrosi 2017-2018 o‘quv yili davomida umumta'lim maktablarida to‘liq bajarilishini ta'minlaydi.

Mazkur buyruq qabul qilingani munosabati bilan vazirlikning 2016 yil 10 maydagi “Umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun 2016-2017 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 121-sonli buyrug‘i joriy yilning 1 iyunidan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

Xalq ta'limi vazirining 
2017 yil 16 maydagi 
165-sonli buyrug‘iga ilova

O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 2017-2018 o‘quv yili uchun tayanch o‘quv rejasi

T/r

O‘quv fanlari

Sinflar

Haftalik
umumiy
soat

1

2

3

4

5

6

7

8

9

 

Davlat ixtiyoridagi soatlar

22

24

26

26

30,5

32,5

33,5

34

36

264,5

1

Ona tili va adabiyot

8

8

10

10

9

7

5

5

5

67

2

O‘zbek tili/rus tili

 

2

2

2

2

2

2

2

2

16

3

Chet tili

2

2

2

2

3

3

3

3

3

23

4

Tarix

       

2

2

3

3

4

14

5

Davlat va huquq asoslari

             

1

1

2

6

Iqtisodiy bilim asoslari

             

1

1

2

7

Matematika

5

5

5

5

5

5

5

5

5

45

8

Informatika va axborot texnologiyalari

       

0,5

0,5

0,5

1

2

4,5

9

Fizika

         

2

2

2

2

8

10

Kimyo

           

2

2

2

6

11

Biologiya

       

1

2

2

2

2

9

12

Tabiiyot va geografiya

1

1

1

1

1

2

2

2

2

13

13

Odobnoma

1

1

1

1

         

4

Vatan tuyg‘usi

       

1

1

     

2

Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari

           

1

1

1

3

14

Musiqa madaniyati

1

1

1

1

1

1

1

   

7

15

Tasviriy san'at

1

1

1

1

1

1

1

   

7

16

Chizmachilik

             

1

1

2

17

Texnologiya

1

1

1

1

2

2

2

1

1

12

18

Jismoniy tarbiya

2

2

2

2

2

2

2

2

2

18

 

Maktab ixtiyoridagi soatlar

0,5

         

0,5

0,5

1

2,5

 

Umumiy soatlar

22,5

24

26

26

30,5

32,5

34

34,5

37

267

 

Amaliy mehnat mashg‘uloti (kun hisobida)

       

6

6

10

16

   

O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasiga
TUSHUNTIRISH XATI

   Mazkur umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi va unga tushuntirish xati O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875-PЈ-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Uzluksiz ta'lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli, 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli, 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va me'yorlari (SanQvaM № 0102-00) asosida tuzilgan.

   Tayanch o‘quv reja tarkiban davlat va maktab komponentlaridan iboratdir. Davlat komponentiga ajratilgan fanlar davlat ta'lim standartlari asosida tuzilgan dasturlarga binoan o‘qitiladi.

   1. Ta'lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda rus tili fani, ta'lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili fani haftasiga ikki soat hisobida 2-sinfdan boshlab o‘qitiladi.

   2. Ta'lim qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman tillarida olib boriladigan maktablarda rus tili fani o‘quvchilar va ularning ota-onalari xohishiga qarab o‘quvchi soni 25 nafargacha bo‘lgan 2–9-sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 1 soat olinib 2-sinfdan boshlab o‘qitilishi mumkin.

   O‘quvchi soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan holatda 2–6-sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 2 soat olinib, sinf­ni ikki guruhga bo‘lib, haftasiga 1 soatdan, 7–9-sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 1 soat, matematika fanidan 1 soat olinib, sinfni ikki guruhga bo‘lib, haftasiga 1 soatdan o‘qitilishi mumkin.

   3. Jahon tarixi fani 7- va 9-sinflarda 1-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan, 2-yarim yillikda haftasiga 1 soatdan;

   O‘zbekiston tarixi fani 7- va 9-sinf­larda 1-yarim yillikda haftasiga 1 soatdan, 2-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

   8-sinfda jahon tarixi fani 1 soat, O‘zbekiston tarixi fani 1 soat o‘qitiladi.

   Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 martdagi 01-07/1-193-sonli topshirig‘iga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vazirligining 2017 yil 12 apreldagi 23-q/q-sonli, Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 14 apreldagi 22-sonli hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining 2017 yil 12 apreldagi 25-q/q/-sonli qo‘shma qaroriga asosan 8- va 9-sinflarda dunyo dinlari tarixi fani haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

   4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi F-1322-sonli farmoyishi asosida 1–4-sinflarda “Konstitusiya alifbosi” kursi o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat tarkibida 10 soatdan o‘qitiladi;

   5–6-sinflarda “Konstitusiya olamiga sayohat” kursi vatan tuyg‘usi fanidagi mavjud takrorlanishlar hamda takrorlash va nazorat ishlarini o‘tkazish uchun ajratilgan soatlar hisobidan alohida dastur asosida 17 soatdan o‘qitiladi;

   7-sinfda “Konstitusiya olamiga sayohat” kursi 17 soat hajmida maktab komponenti hisobidan o‘qitiladi.

   Bu mashg‘ulotlar dars jadvaliga kiritilishi va 5-, 6-, 7-sinf jurnalida alohida sahifa ajratilib, qayd etilishi lozim.

   Mazkur darslarning mazmunida “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi 182-konvensiya, “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi”gi 138-konvensiya to‘g‘risida o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda tushunchalarni berish tavsiya etiladi.

   5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi “Din sohasidagi ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim ishlarini va faoliyatni yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 364-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Dinlar tarixi” kursi bo‘yicha dast­labki umumiy tushunchalar:

   1–4-sinflarda 17 soatdan o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma, texnologiya fanlari va tarbiyaviy soatlar tarkibida;

   5-sinfda 17 soat adabiyot, tarix, vatan tuyg‘usi fanlari va tarbiyaviy soatlar tarkibida;

   6-sinfda 17 soat adabiyot, tarix, vatan tuyg‘usi fanlari va tarbiyaviy soatlar tarkibida;

   7-sinfda 17 soat adabiyot, tarix, milliy istiqlol Qoyasi va ma'naviyat asoslari fanlari va tarbiyaviy soatlar tarkibida o‘qitiladi.

   6. Iqtisodiy bilim asoslari fani:

   1–4-sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” kursining o‘quv materiallari ona tili, o‘qish, matematika, atrofimizdagi olam, texnologiya fanlari tarkibida 10 soatdan;

   5–7-sinflarda “Iqtisod va soliq saboqlari” o‘quv kurslari tarix, matematika, geografiya, vatan tuyg‘usi, texnologiya fanlari tarkibida sinflar kesimida 17 soatdan;

   8–9-sinflarda esa alohida fan sifatida o‘qitiladi.

   7. “Yo‘l harakati qoidalari”ni o‘rgatish uchun:

   1-sinfda maktab komponenti hisobidan haftasiga 0,5 soat ajratilib, jami 16,5 soat o‘qitiladi, sinf jurnalida alohida betda o‘tilgan mavzular qayd etiladi;

   2–8-sinflarda bu mashg‘ulotlar tasdiqlangan dastur asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan tarbiyaviy soatlar hisobidan 8 soatdan o‘qitiladi. Mazkur mashg‘ulotlar o‘qituvchilarning pedagogik yuklamasi sifatida inobatga olinadi. Yo‘l harakati qoidalari mashg‘ulotlari 2–8-sinf­larda maktab dars jadvaliga kiritiladi va sinf jurnalida tarbiyaviy soatlar uchun ajratiladigan sahifada o‘tilgan mavzular qayd etib boriladi.

   8. “Hayot xavfsizligi asoslari” mashg‘ulotlari 1–4-sinflarda atrofimizdagi olam, odobnoma, jismoniy tarbiya fanlari tarkibida 17 soatdan;

   5–9-sinflarda fizika, kimyo, biologiya, geografiya, vatan tuyg‘usi va milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari, texnologiya fanlari dasturlari tarkibida sinflar kesimida 17 soatdan o‘tiladi.

   9. 9-cinfda maktab komponenti hisobidan birinchi yarim yillikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2744-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 08/1-150-sonli topshirig‘iga muvofiq xotira darslari dastur asosida 4 soat;

   Xalq ta'limi vazirligining 2011 yil 31 dekabrdagi 297-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari 12 soat;

   ikkinchi yarim yillikda esa Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 3 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch” asarini uzluksiz ta'lim tizimida o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi F-360-sonli farmoyishi asosida asar mazmuni 10 soat;

   2014 yil 15–16 may kunlari Samar­qand shahrida o‘tkazilgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov so‘zlagan “Ajdodlarimizning ilmiy merosi abadiyatga daxldor ma'naviy xazina” nutqi 6 soat o‘qitiladi.

   10. “Salomatlik darslari” o‘quv kursi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 1–4-sinflarida o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma, jismoniy tarbiya fanlari tarkibida17 soat o‘qitiladi;

5–7 va 9-sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari” o‘quv kursi biologiya, texnologiya, jismoniy tarbiya fanlariga integratsiya qilingan holda sinflar kesimida 17 soatdan o‘qitiladi.

8-sinfda maktab ixtiyoridagi soat hisobidan 17 soat o‘qitiladi.

   11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlari dasturi asosida mashQulotlar, o‘quvchilarning psixologik, fiziologik va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda umumiy o‘quv yuklamasining me'yorlariga rioya qilinib, 1–9-sinflarda 17 soatdan fanlar bo‘yicha dars mavzulari zamirida to‘garak mashg‘ulotlarida, tarbiyaviy soatlarda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda singdirib o‘tish tavsiya etiladi.

   12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qaroriga muvofiq pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma'lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.

   13. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim muassasa(sinf)larida o‘qishlarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 173-sonli hamda Xalq ta'limi vazirligining 2014 yil 11 iyundagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining tayanch o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 173-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan fanlarni chuqur o‘qitish bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.

   Mazkur namunaviy o‘quv dasturlari asosida fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mualliflik o‘quv dasturlari Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi bilan kelishgan holda mustaqil ishlab chiqiladi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi va amaliyotga joriy etiladi.

   14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qaroriga muvofiq malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:

   o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 1–9-sinflarida chet tili fani, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, 5–9-sinflarda informatika va axborot texnologiyalari va mehnat ta'limi (texnologiya) fani, 8–9-sinflarda jismoniy tarbiya fani, ta'lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 2–9-sinflarida o‘zbek tili fani hamda ta'lim tili rus tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 2–9-sinflarida rus tili fani ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.

   15. O‘zbekiston Respublikasi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik Kengashining 2003 yil 4 iyundagi yig‘ilishi bayonining 3-bandini bajarish maqsadida 5–9-sinflarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar sport seksiyalari tarzida o‘tkaziladi.

  16. Ta'lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan maktablarda maktab pedagogik kengashining qaroriga binoan ayrim fanlar va kurslar o‘zbek tili(davlat tili)da o‘qitilishi mumkin.

  17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

   o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (1-sinflar uchun 33 hafta);

  o‘quv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga ko‘ra 1-sinflar uchun 5 kun);

   dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

   dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5–10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15–30 daqiqa).

   Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.

   Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

   O‘quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

   kuzgi ta'til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

   qishki ta'til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

   bahorgi ta'til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

   yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

   Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

   1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

   18. Mazkur tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati asosida har bir umumiy o‘rta ta'lim muassasasi 2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv reja va tushuntirish xatini ishlab chiqadi va avgust oyidagi pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlaydi.

   19. O‘quv yili yakunida 5–8-sinf o‘quvchilarining mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan, ota-onalar va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan kelishilgan, maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida maktabda, idora va korxonalarda, Xalq ta'limi vazirligining 2003 yil 3 noyabrdagi 159-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaga qat'iyan rioya qilgan holda 5–6-sinflarda 6 kun 3 soatdan, 7-sinfda 10 kun 3 soatdan, 8-sinfda16 kun 4 soatdan amaliy mehnat mash­g‘ulotlari o‘tkaziladi.


Oxirgi o‘zgarish: 28/11/2017 13:31;   Ko‘rilganligi: 205
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/education/teachers/2017-2018-oquv-yiliga-moljallangan-tayanch-oquv-reja
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 17:58
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing