Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

9-SINF BITIRUVCHILARINI TA'LIMNING KEYINGI BOSQICHIGA QAMRAB OLISH

9-sinf bitiruvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga qamrab olish, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirishbo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

2012-2013 o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga qamrab olish, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida uzluksiz kasbhunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi bosqichlar belgilab olingan.

Unga ko‘ra:

Birinchi – “Boshlang‘ich kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish” bosqichi  1-4-sinflardan boshlab kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnat darsi hamda sinfdan tashqari soatlari hisobiga har oyda 9 soat;

Ikkinchi – “Kasblar olamiga sayohat” qidiruv-rivojlantiruvchi kasbga yo‘naltirish bosqichida (V – VI – VII sinflar) 17-18 soat;

Uchinchi – “Men orzu qilgan kasb” shaxsning kasbiy yo‘nalganligini shakllantirish va rivojlantirish” bosqichi (VIII – IX sinflar uchun) kasbhunarga yo‘naltirish ishlari maktab ixtiyoridagi soatlar va mehnat darslari hisobiga haftada bir marta, o‘quv mashg‘ulot tarzida 33-34 soat dars o‘tilishi belgilandi.

“Uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish usullari” nomli 1-9 sinflar uchun metodik qo‘llanma tayyorlandi. Qo‘llanma to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘limda turli yoshdagi o‘quvchilarni uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirishda foydalaniladigan kasbiy tashxis metodlar, psixologik treninglar, kasbga yo‘naltirish o‘yinlari, o‘quv mashg‘ulotlari hamda kasb tanlash yuzasidan tavsiyalar o‘rin olgan. Metodik qo‘llanma – kasbga yo‘naltiruvchilar, psixologlar, ota-onalar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, umumta'lim maktab o‘quvchilarini erta yoshdanoq uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirishda, kattalar mehnatiga qiziqish uyg‘otishda, kasbiy tasavvurlarini rivojlantirishda va ongli kasb tanlashlariga yaqindan yordam berishga ko‘maklashadi.

Bugungi kunda Respublikadagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 9-sinfida ta'lim olayotgan o‘quvchilar haqida statistik so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Unga ko‘ra 194 ta tuman (shahar)larda 9801 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 534125 nafar 9-sinf bitiruvchilari ta'lim-tarbiya olayotganligi to‘g‘risida hududiy xalq ta'limi boshqarmalaridan tasdiqlangan ma'lumotlar umumlashtirildi hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markaziga taqdim etildi.

O‘quvchilarni ongli ravishda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha Respublikadagi barcha umumta'lim maktablarida “Otalar yig‘ilishlari” o‘tkazildi. Yig‘ilishda 438328 nafar ota-onalar, 28247 nafar jamaotchilik vakillari hamda 12788 nafar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish so‘ngida maktab hayotida faol ishtirok etgan, farzandlari bilan birgalikda kasbiy tanlov (kasbiy qaror qabul qilish) masalalariga ko‘maklashgan, farzandlarining qobiliyati, qiziqishi, imkoniyatidan kelib chiqqan holda o‘smir yoshlarni muayyan maqsad sari yo‘naltirish, kasbiy o‘zligini anglash va hayot yo‘lini tanlashida yaqindan ko‘maklashib kelayotgan otalarga, farzandlari ta'lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan hissasi uchun, “Farzandlar ta'limtarbiyasida eng faol ota”, “Eng yosh ibratli ota”, “Farzandiga eng yaqin do‘st bo‘lgan ota”, yo‘nalishlari bo‘yicha maktab ma'muriyatining Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Shu bilan bir qatorda barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 9-sinf bitiruvchilarini, ayniqsa, qiz bolalarni kasb tanlashlari uchun imkoniyat va sharoit yaratish, erta turmush qurishni oldini olish maqsadida targ‘ibot va tashviqot ishlarini yanada jonlantirish, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchisi bilan hamkorlikda “Qiz bolaning kasbiuning baxti” mavzusida respublikadagi barcha umumta'lim maktablarida “Onalar yig‘ilishi” o‘tkazildi. “Onalar yig‘ilishi”da 386 ming 764 nafar onalar, 42 ming 326 nafar jamoatchilik vakillari hamda 10 ming 706 nafar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari vakillari ishtirok etishdi. 

 

 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bugungi kunga qadar “Kasbiy tashxis metodlari”, “Kasblar oyligi” o‘tkazib kelingan bo‘lsa, o‘quv yilining oxiriga qadar “Mutaxassisliging-sening kelajaging” qo‘shma tadbiri, “Men orzu qilgan kasb” insholar tanlovi, “Qiz bolaning kasbi-uning baxti” mavzusida davra suhbati va “Ochiq eshik”lar kuni “Kasblar festivali” tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

 

Xalq ta'limi vazirligining o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik ta'minlash kichik guruhlarida o‘quvchilarii uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish hamda 9-sinf bitiruvchilarini ta'limning keyingi bosqichi bilan to‘liq qamrab olish samaradorligini oshirish bo‘yicha umumta'lim maktablarining, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sinflar va maktablarning 6-9 sinflarida ta'lim olayotgan o‘quvchilar orasidan iqtidorlilarini aniqlash va ularni ongli ravishda tanlagan akademik litseylarga jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi.

 

Har o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilari haqidagi ma'lumotlar xalq ta'limi vazirligining ta'lim portalidagi mb.uzedu.uz elektron bazasiga joylashtirilib kelinmoqda. 

Maktab bitiruvchilari elektron bazasi (mb.uzedu.uz)da faqatgina  9-sinf bitiruvchilari haqida ma'lumotlar shakllantirilib kelingan.

Hozirgi kunga qadar umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ta'lim olayotgan  534 ming 125 nafar 9-sinf bitiruvchilaridan 415 ming 928 (77,9%) nafarining “So‘rovnoma” haqidagi ma'lumotlari kiritilishi ta'minlandi.

 

Umumta'lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining olib borilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etib kelinmoqda. Jumladan, FM “Poytaxt” radiokanalining axborotlar dasturida, “Kasbiy fanlar metodikasi” jurnalining 2012 yil yanvar, fevral, mart oylari sonlarida “O‘quvchilar layoqatini aniqlash-kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borishda muhim omil”, “Boshlang‘ich ta'lim” jurnalining 2012 yil may 5-sonida “Bolaning maktab ta'limiga tayyorligi qanday aniqlanadi?” mavzusidagi, “Kasbiy fanlar metodikasi” jurnalining 2012 yil 4-sonida “Kasbiy o‘yinlar maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishda yaxshi samara beradi”, “Kasbiy fanlar metodikasi” jurnalining 2012 yil 5-sonida “Kasbga yo‘naltirishning psixologik xususiyatlari”, “Kasbiy fanlar metodikasi” jurnalining 2012 yil 9-sonida “Ijtimoiy-psixologik va pedagogik xizmat mehribonlik uylari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi maqolalar chop etildi. “Ma'rifat” gazetasining 2012 yil 47-sonida “Bolangiz maktabga tayyormi?”, “Boshlang‘ich ta'lim” jurnalining 2012 yil 4-sonida “Kecha, bugun, ertaga” nomli davra suhbatlarida ishtirok etdilar.


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 08:19;   Ko‘rilganligi: 361
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/faq/9-sinf-bitiruvchilarini-talimning-keyingi-bosqichiga-qamrab-olish
Chop etilgan vaqti: 21/11/2019 03:10
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing