Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

IXTISOSLASHGAN VA ODDIY MAKTAB: farq nimada?

Ixtisoslashtirilgan maktab bilan oddiy maktab o‘rtasidagi asosiy farq nimalarda namoyon bo‘ladi? Ixtisoslashtirilgan sinf bilan oddiy sinflarning o‘ziga xosliklari haqida ma'lumot bersangiz?

Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar iqtidoriga ko‘ra, ma'lum fanga yo‘naltirilgan ta'lim muassasalari (yoki sinflar)ga sinov asosida qabul qilinadi. 

Chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlarga oddiy maktablarga nisbatan haftasiga ko‘proq soat ajratiladi va ushbu fanlar guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi. Fanlarni o‘qitishda faqat oliy va birinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar dars o‘tishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi 173-sonli qaroriga asosan chuqurlashtirilgan fanlardan dars o‘tadigan o‘qituvchilar va maktab rahbar xodimlarining oylik maoshiga davlat tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilangan miqdorda ustama haq beriladi.


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 08:28;   Ko‘rilganligi: 95
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/faq/ixtisoslashgan-va-oddiy-maktab-farq-nimada
Chop etilgan vaqti: 15/07/2019 21:26
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing