Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘QUV YILI QACHONDAN BOSHLANADI?

Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida o‘quv yili qachondan boshlanadi va qachon tugaydi?

Maktabdan tashqari ta'lim muassasalari o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", Maktabdan tashqari muassasa to‘g‘risidagi Nizom (Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 18 fevraldagi 59-sonli qarorining 2-ilovasi), "Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar Konsepsiyasi" hamda Maktabdan tashqari ta'limga qo‘yilgan Davlat talablari kabi hujjatlar asosida amalga oshiradi.

Maktabdan tashqari muassasa to‘g‘risidagi Nizom (Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 18 fevraldagi 59-sonli qarorining 2-ilovasi)ning III (Ish faoliyatini tashkil yetish va uning asoslari) bo‘limida quyidagi bandlar belgilangan:

  • To‘garaklar, dasturlar talablariga ko‘ra, butun o‘quv yili uchun ham, qisqaroq muddatlarga ham tashkil etiladi.
  • To‘garaklarni to‘ldirish may oyida boshlanadi va asosan mazkur yilning 10 sentyabrida tamomlanadi.
  • To‘garaklarning mashg‘ulotlari mazkur yilning 15 sentyabridan kechikmay boshlanadi va odatda keyingi yilning 25 mayida tugallanadi.
  • Ta'til paytlarida maktabdan tashqari muassasalar o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan ularning bo‘sh paytlarini mazmunli o‘tkazish, dam olishlarini to‘laqonli amalga oshirish imkoniyatini tug‘dirgan holda bolalar va o‘smirlarning turar joylarida, konsert safarlari, poxodlar, ekskursiyalar, sayohatlar, musobaqalar (shu jumladan, o‘quvchilarning yangi o‘zgaruvchan guruhlari bilan to‘garaklar, seksiyalar va studiyada, shahardan tashqaridagi oromgohlarga kunlik borgan holda), turli-tuman ommaviy ishlarni tashkil qiladilar. Yozgi ta'til paytida maktabdan tashqari muassasalar o‘quvchilar uchun yo‘nalishli (profilli) bolalar oromgohlari hamda turistik bazalar ochishlari mumkin.

Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 08:41;   Ko‘rilganligi: 196
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/faq/oquv-yili-qachondan-boshlanadi
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 17:57
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing