Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

BILIMDONLAR BELLASHUVI

2018 yil 9-10 yanvar kunlari viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2017 yil 21 dekabrdagi “Umumta'lim maktablari o‘quvchilarining umumta'lim fanlari bo‘yicha 2-bosqich (tuman, shahar) olimpiadalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, umumta'lim maktablarining  9- va 10-sinflar o‘quvchilari o‘rtasida umumta'lim fanlari bo‘yicha olimpiadalarning 2- (tuman, shahar) bosqichi o‘tkazildi.

Umumta'lim fanlari bo‘yicha olimpiadaning 1-(maktab) bosqichida viloyatdagi 1209 ta umumta'lim maktablaridan 34776 nafar 9-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etgan bo‘lsa, olimpiadaning 2-(tuman, shahar) bosqichida olimpiadaning maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan 3630 nafar 9-sinf, 2420 nafar 10-sinf o‘quvchilari qatnashishdi.

Fan olimpiadasi barcha tuman, shahar xalq ta'limi  bo‘limlarida barcha sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan ta'lim muassasasida yuqori saviyada tashkil etilib, hakamlar hay'ati tarkibiga umumta'lim maktablari, hududdagi kollej, akademik litseylardan malakali va tajribali o‘qituvchilari biriktirildi.

Mazkur tadbir, ayniqsa, Samarqand shahri, Ishtixon, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Samarqand tumanlari xalq ta'limi bo‘limlari tomonidan yuqori saviyada, uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Fan olimpiadalarining ikkinchi bosqichida 18 ta umumta'lim fanlaridan uch bosqichda (yozma ish, test, og‘zaki (laboratoriya ishi),  har bir fandan 9-sinflar bo‘yicha 427 nafar, 10-sinflar bo‘yicha 331 nafar o‘quvchilar g‘oliblikni egallab, olimpiadaning 3-viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Fan olimpiadasining har bir turi bo‘yicha natijalari shu kunning o‘zida o‘quvchilar va ota-onalarga e'lon qilindi.


Kiritilgan vaqti: 11/01/2018 08:41;   Ko‘rilganligi: 191
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/bilimdonlar-bellashuvi
Chop etilgan vaqti: 17/09/2019 14:04
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing