Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

BILIMDONLAR SARALANDI

2017 yilning 23-24 mart kunlari Samarqand shahridagi    9-umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 16 martdagi “Umumta'lim fanlari bo‘yicha fan olimpiadasining III viloyat bosqichini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 84-sonli hamda viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2017 yil 17 martdagi 62-sonli buyruqlari asosida umumta'lim fanlari olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009 yil 1 maydagi 18Q/Q, 20, 13 Q/Q-son qarori (ro‘yxat raqami 1962, 2009 yil 2 iyun) bilan tasdiqlangan “Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o‘quvchilarining umumta'lim fanlari bo‘yicha Respublika olipiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq umumta'lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida umumta'lim fanlari bo‘yicha olimpiadaning III viloyat bosqichini o‘tkazish belgilangan. Fan olimpiadasi viloyat bosqichining ochilishida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Orif Yusupov, Faxriylar kengashi raisi Nabixon G‘ofurov, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar universiteti, viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, viloyat O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasidan taklif etilgan hakamlar hay'ati a'zolari, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi ta'lim muassasalari pedagog-xodimlari, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar. Fan olimpiadasining tartibli o‘tkazilishida viloyat ichki ishlar va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining mas'ul xodimlari ham  ishtirok etishdi.

Fan olimpiadasining maktab bosqichida 7528 nafar, tuman, shahar  bosqichida 2821 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, shundan 461 nafar o‘quvchi g‘olib deb topilib, olimpiadaning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan. Uzoq tumanlardan kelgan, jumladan, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Urgut, Qo‘shrabot, Paxtachi va Narpay tumanlaridan ishtirok etadigan o‘quvchilarga Samarqand shahridagi Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlari yotoqxonalaridan joy ajratilib, mas'ul xodimlar biriktirildi. Hakamlar hay'ati tomonidan o‘quvchilarning yozma ishlari Nizom asosida baholanib, fanlar kesimida g‘oliblar soni 87  nafarni tashkil etdi. Olimpiada jarayoni “Yoshlar” telekanali, Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, “Ma'rifat”, viloyat “Zarafshon”, “Samarkandskiy vestnik”, “Ovozi Samarqand”, “Ma'rifat nuri”, “Samarqand” gazetalari  orqali yoritildi. Umumta'lim fanlari olimpiadasining viloyat bosqichida Respublika Ta'lim markazi bosh metodisti Komila Usmonova ishtirok etib, jarayonning adolatli, xolisona, Nizom talablari asosida o‘tkazilishiga amaliy-uslubiy yordam berdi. Viloyat xalq ta'limi tizimidagi umumta'lim maktablari, Oliy ta'lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarining eng tajribali o‘qituvchilaridan tarkib topgan hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan g‘olib deb topilgan 1-5 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga o‘quv yili yakunida  viloyat O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va Xalq ta'limi boshqarmalarining  maxsus sertifikatlari topshiriladi. 


Kiritilgan vaqti: 25/03/2017 12:22;   Ko‘rilganligi: 182
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/bilimdonlar-saralandi
Chop etilgan vaqti: 19/08/2019 07:04
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing