Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

BILIMDONLAR SARALANDI

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb – hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009 yil 1 maydagi 18Q/Q, 20, 13 Q/Q-son qarori (ro‘yxati raqami 1962, 2009 yil 2 iyun) bilan tasdiqlangan Akademik litseylar, kasb –hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o‘quvchilarining umumta'lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq umumta'lim maktablarining 9-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida umumta'lim fanlari bo‘yicha olimpiadaning viloyat 3-bosqichini  o‘tkazish maqsadida 17 fevraldagi 42-b-sonli buyrug‘i chiqarilib, tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlariga yetkazildi.

Mazkur buyruqqa asosan, 2018 yil 23-25 mart kunlari Samarqand shahridagi 9-umumta'lim maktabida umumta'lim fanlari olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda olimpiadaning tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni egallagan   781  nafar 9-10-sinf o‘quvchilari qatnashdilar.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi.  Olimpiadaning tantanali ochilish qismida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yuldashev, boshliq o‘rinbosari Q.Saidov, metodik xizmat bo‘limi boshlig‘i D.Saydullayeva so‘zga chiqib, o‘quvchilarni tabrikladi. Shuningdek, Narpay tumanidagi 17-umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi M.Shomurodova barchaga omad tilab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

18 ta umumta'lim fanlaridan o‘tkazilgan olimpiadaning 3-viloyat bosqichini adolatli va xolisona baholash uchun Samarqand davlat universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutidan professor-o‘qituvchilar hamda viloyatimizdagi umumta'lim maktablarining oliy toifali, tajribali o‘qituvchilari jalb qilindi.

Hakamlar hay'atining qaroriga ko‘ra, umumta'lim fanlaridan 9-sinflar bo‘yicha   89 nafar, 10-sinflar bo‘yicha 52 nafar o‘quvchilar g‘oliblikni egallashdi.

Olimpiada jarayonini adolatli, xolisona va oshkora o‘tishini ta'minlash maqsadida  ota-onalar vakillari ham qatnashib, o‘zlarining tashakkurnomalarini bildirishdi.


Kiritilgan vaqti: 26/03/2018 08:38;   Ko‘rilganligi: 249
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/bilimdonlar-saralandi-2018-03-26
Chop etilgan vaqti: 23/11/2019 04:20
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing