Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

"BILIMLAR BELLASHUVI"ning maktab bosqichi o‘tkazildi

Ma'lumki, 2010-2011 o‘quv yilidan boshlab umumta'lim maktablarining 5-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan Bilimlar bellashuvi o‘quvchilar orasidan iqtidorlilarni  saralab olishda alohida o‘rin tutmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2014 yil 17 noyabrdagi “Umumta'lim muassasalarida umumta'lim fanlari bo‘yicha Bilimlar bellashuvini tashkil etish hamda hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralari va ta'lim muassasalari reytingini aniqlash to‘g‘risida” gi 318-sonli  buyrug‘ining uzviyligini  ta'minlash maqsadida 2017 yilning 3-6 yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani singari viloyatimiz umumta'lim maktablarida ham 5-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Bilimlar bellashuvining birinchi, maktab bosqichi o‘tkazildi. Bellashuvning maktab bosqichida jami 161692 nafar  o‘quvchilar  qatnashib,  tuman, shaharlar kesimida g‘olib  deb topilgan 35051 nafar o‘quvchilar bellashuvning ikkinchi, ya'ni tuman, shahar bosqichida qatnashish uchun yo‘llanma oldilar.

Barcha g‘oliblikni egallagan o‘quvchilar umumta'lim maktablarining  faxriy yorlig‘i  va esdalik sovg‘alari  bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 21/01/2017 07:19;   Ko‘rilganligi: 26
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/bilimlar-bellashuvining-maktab-bosqichi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 21/04/2019 02:07
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing