Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

BIZ – KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!

2017 yil 13 dekabr kuni Respublika Ta'lim markazining  2017 yil 12 dekabrdagi 01/11-01/04-1797-sonli xatiga asosan, Camarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda «Biz — korrupsiyaga qarshimiz!» shiori ostida barcha umumta'lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida rasmlar va insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda 16 ta tuman, shaharlardan 32 nafar ishtirokchilar qatnashdi.

Mazkur tanlov belgilangan talablar asosida tashkil etilib, barcha tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlaridan ishtirokchilar qatnashib, g‘olib o‘quvchilar hakamlar hay'ati tomonidan tanlab olindi.

“Biz – korrupsiyaga qarshimiz!” g‘oyasi singdirilgan rasmlar va insholar tanlovining  viloyat  bosqichida Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahri, Tayloq, Paxtachi, Ishtixon, Samarqand, Oqdaryo, Jomboy tumanlari xalq ta'limi bo‘limlari tasarrufidagi ta'lim muassasalari ishtirokchilari o‘zlarining faolligi bilan boshqa o‘quvchilardan ajralib turishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra,  “Biz – korrupsiyaga qarshimiz!” g‘oyasi singdirilgan rasmlar va insholar tanlovining  viloyat bosqichida har ikki yo‘nalishdan uch nafardan g‘oliblar saralanib, tanlovning respublika bos­qichiga yo‘llanma oldilar.


Kiritilgan vaqti: 13/12/2017 13:56;   Ko‘rilganligi: 335
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/biz-korruptsiyaga-qarshimiz
Chop etilgan vaqti: 10/12/2019 01:42
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing