Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

ENG OBOD TA'LIM MUASSASASI

Ta'lim muassasalarida obodonlashtirish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish, ularda sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, ushbu jarayonda o‘quvchi-yoshlarning va pedagogik jamoaning faol ishtirokini ta'minlash, bu borada ta'lim muassasalarida amalga oshirilgan ilg‘or tajribalarni rag‘batlantirish va ommalashtirish maqsadida umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan «Eng obod ta'lim muassasasi — 2017» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Ko‘rik-tanlov munosabati bilan viloyatdagi ta'lim muassasalari hududida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Gul-u gulzorlar barpo etilib, chamanzorga aylantirildi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari har yilgidan-da uyushqoqlik bilan olib borildi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, umumta'lim maktablari o‘rtasida Jomboy tumanidagi 7-umumta'lim maktabi 1-o‘rinni, Samarqand shahridagi 9-umumta'lim maktabi 2-o‘rinni, Tayloq tumanidagi 14-umumta'lim maktabi va Samarqand tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi jamoalari 3-o‘rinlarni egallashdi.

Maktabgacha ta'lim muassasalari o‘rtasida esa Samarqand shahridagi 84-maktabgacha ta'lim muassasasi 1-o‘rinni, Jomboy tumanidagi 16-maktabgacha ta'lim muassasasi 2-o‘rinni, Samarqand tumanidagi 24-maktabgacha ta'lim muassasasi jamoalari 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.


Kiritilgan vaqti: 10/07/2017 08:08;   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/eng-obod-talim-muassasasi
Chop etilgan vaqti: 21/04/2019 01:47
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing