Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“Eng yaxshi kimyo, biologiya va fizika fan kabineti mudirlari” ko‘rik-tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2016 yil 23 dekabrdagi “Yilning eng yaxshi muhandisi” va “Eng yaxshi kimyo, biologiya va fizika fan kabineti mudiri” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 301-sonli buyrug‘i asosida  viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2016 yil 25 dekabrda 295-sonli buyrug‘i tasdiqlanib, tuman, shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limlari tasarrufidagi ta'lim muassasalarining  kimyo, biologiya va fizika fan kabineti mudirlari orasidan bilimli, jonkuyar, fidoyi o‘qituvchilarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida 2017 yilning 8 yanvar kuniga qadar tuman (shahar)larda “Eng yaxshi kimyo, biologiya va fizika  fan kabineti mudirlari”  ko‘rik-tanlovning  1-bosqichi, 2017 yil 16-18 yanvar kunlari esa tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov 5 ta  shart asosida Nizomda belgilangan talablar asosida o‘tkazilib, tuman (shahar) bosqichining kimyo, biologiya va fizika  fanlaridan  45 nafar g‘olib o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Biologiya fani bo‘yicha Samarqand tumanidagi 22-umumta'lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi G.Toshpo‘latova 1-o‘rinni, Samarqand shahridagi 29-umumta'lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi N.Kenjayeva 2-o‘rinni egalladi. 3-o‘rin uchun tanlov ishtirokchilari yetarlicha ball to‘play olishmadi.

Fizika fani bo‘yicha Samarqand shahridagi 17-umumta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi N.Annaqulova 1-o‘rinni, Samarqand tumanidagi 22-umumta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi X.Sodiqova 2-o‘rinni, Payariq tumanidagi 44-umumta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi A.Amirullayev 3-o‘rinni, kimyo fani bo‘yicha Samarqand shahridagi 29-umumta'lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi F.Rahmonova 1-o‘rinni, Bulung‘ur tumanidagi 45-umumta'lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Yu.Mustayeva 2-o‘rinni, Kattaqo‘rg‘on  tumanidagi 43-umumta'lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi M.Eshmurotova 3-o‘rinni egalladi.

G‘oliblikni egallagan o‘qituvchilar viloyat xalq ta'limi boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Oxirgi o‘zgarish: 24/11/2017 12:46;   Ko‘rilganligi: 73
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/eng-yaxshi-kimyo-biologiya-va-fizika-fan-kabineti-mudirlari-korik-tanlovi
Chop etilgan vaqti: 17/06/2019 20:20
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing