Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“Eng yaxshi kitobxon maktab” tanlovida kim g‘olib bo‘ladi?

Prezidentimizning beshta muhim tashabbusining ijrosini ta'minlash, jumladan, aholi, ayniqsa, yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan to‘rtinchi tashabbusni amalga oshirish maqsadida viloyatimizda “Eng yaxshi kitobxon maktab” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda shahar va tuman umumta'lim maktablarida “Eng yaxshi kitobxon maktab” ko‘rik-tanlovining dastlabki bosqichlari qizg‘in tashkil etilmoqda. Joriy yilning 15 dekabriga qadar uning tuman (shahar) bosqichi nihoyasiga yetadi. 19 dekabr kuni esa viloyat bosqichi o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlanadi.
Viloyat hokimi sovg‘asi — 100 million so‘m qaysi maktabga nasib etarkan?
Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 12/12/2019 07:58;   Ko‘rilganligi: 162
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/eng-yaxshi-kitobxon-maktab-tanlovida-kim-golib-boladi
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 04:31
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing