Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Ishtixon tuman 51-umumta'lim maktabida ommaviy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

27 aprel kuni Ishtixon tuman Xalq ta'lim bo‘limiga qarashli 51-umumta'lim maktabida Prezidentimizning  yoshlar ma'naviyatini  yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha «5ta muhim tashabbus»ning ikkinchisi hisoblangan “ Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini nomoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish” bo‘yicha ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda maktabning barcha o‘qituvchi va o‘quvchilari qatnashdi.
Maktab direktori Eldor Suvanovning kanalimizga ma'lum qilishicha, tadbirda sportning futbol, voleybol, qo‘l tupi, kurash, stol tennisi, shaxmat-shashka, armresling, arqon tortish kabi turlaridan musobaqalar tashkil etildi.
Tadbir ertalab soat 8.00 da marafoncha yugurish bilan start oldi va soat 17.00 gacha davom etdi. Ushbu tadbir aksiya doirasida o‘tkazilganligi bois ota-onalar va tuman mutassaddi tashkilotlari tadbir o‘tishini kuzatib borishdi.

Kiritilgan vaqti: 03/05/2019 08:50;   Ko‘rilganligi: 249
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/ishtixon-tuman-51-umumtalim-maktabida-ommaviy-sport-musobaqasi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 10/12/2019 17:26
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing