Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

KONSTITUSIYA – BAXTIMIZ POYDEVORI

2017 yil 25 noyabr kuni viloyat «Barkamol avlod» bolalar markazida «Konstitusiya – baxtimiz poydevori» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda tanlovning tuman, shahar bosqichida g‘oliblikni egallagan 64 nafar ishtirokchilar tanlov shart­lariga ko‘ra o‘z iqtidorlarini namoyish qildilar.

Tanlovning tasviriy san'at yo‘nalishida ishtirok etgan o‘quvchilar mamlakatimiz farovonligi, Kons­titusiyamizda belgilangan qonunlarning xal­qimiz hayotidagi o‘rni to‘g‘risidagi tasavvurlarini mo‘yqalam orqali qog‘ozda aks ettirdilar.

Insho va bayon yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyon etgan o‘quvchilar mamlakatimiz taraqqiyotida Konstitusiyaning o‘rni, qonunlarning inson manfaatlari uchun xizmat qilayotganligi, Harakatlar stra­te­giyasining xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida fikrlarini bayon etdilar.

Samar­qand shahri, Ishtixon, Nurobod, Samarqand  tumanlaridan tanlovda qatnashgan o‘quvchilar bosh­qa ishtirokchilardan faolligi bilan ajralib turishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Konstitu­siyaning mazmun-mohiyatini insholarda eng yaxshi ifodalagan Samarqand shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Mehrangiz Abrayeva birinchi, Ishtixon tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mushtariybonu Keldiboyeva ikkinchi, Nurobod tumanidagi 40-umumta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Umida Komilova uchinchi o‘rinni egallashdi.

Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini bayon yozish orqali eng yaxshi ifodalagan Samarqand tumanidagi 31-umumta'lim maktabining  5-sinf o‘quvchisi Shoxina Isrofilova birinchi, Nurobod tumanidagi 1-umumta'lim maktabining  6-sinf o‘quvchisi Zuhriddin Ismoilov  ikkinchi va Samarqand shahridagi 75-umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Ruxshona Sharifboyeva uchinchi o‘ringa munosib topildi.

5-7 sinf o‘quvchilari o‘rtasida tanlov mavzusini tasviriy vositalar orqali eng yaxshi ifodalagan Samar­qand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Diana Soliyeva birinchi, Jomboy tumanidagi 27-umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Hulkar Habibullayeva ikkinchi hamda Samarqand tumanidagi 31-umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Samandar Erkinov uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, 8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida tasviriy vositalar oqali eng yaxshi ifodalagan Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilyora Sanaqulova birinchi, Samarqand tumanidagi 4-umumta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Bahora Sheraliyeva ikkinchi va Jomboy tumanidagi 28-umumta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sevara Mamatova uchinchi o‘rin sohiblari bo‘lishdi.

G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 25/11/2017 09:49;   Ko‘rilganligi: 88
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/konstitutsiya-baxtimiz-poydevori
Chop etilgan vaqti: 15/07/2019 21:38
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing