Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

KO‘P KITOB O‘QIGAN MAHLIYO O‘ROQOVA “YOSH KITOBXON” KO‘RIK-TANLOVI SAMARQAND VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBI

         – Badiiy kitob mutolaa qilish yoqimli dardga o‘xshaydi. Shu bois har kuni 6-7 soat vaqtimni kitob o‘qish uchun ajrataman va bugungacha uch yuzdan ortiq badiiy asar o‘qidim.

Oilamizda ham shunday muhit shakllangan. Gohida biron-bir asar ustida oilaviy bahsga kirishib ketamiz. Albatta, kitobga bo‘lgan qiziqishimga ustozim Nigora Husanovaning ham xizmati katta. U kishi menga kerakli kitoblarni topib berib, o‘qishga undagan.
Bu Samarqand shahrida 10-14 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibasi, Paxtachi tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mahliyo O‘roqovaning gaplari.

“Buyuk mutafakkir va adib”, “Badiiy asarlar bilimdoni” shartlari asosida o‘tkazilgan tanlovda o‘n olti nafar yosh kitobxon bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Kecha mazkur tanlovning viloyat bosqichi 15-19 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda ham shu maktabning 9-sinf o‘quvchisi Mashhura Kamolova birinchi o‘ringa munosib deb topildi va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.


Kiritilgan vaqti: 27/11/2018 09:53;   Ko‘rilganligi: 298
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/kop-kitob-oqigan-mahliyo-oroqova-yosh-kitobxon-korik-tanlovi-samarqand-viloyat-bosqichi-golibi
Chop etilgan vaqti: 07/12/2019 22:08
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing