Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Milliy taomlar festivali

Yosh avlodni milliy an'ana va urf-odatlarimizga muhabbat ruhida tarbiyalash, xususan, dunyo xalqlari e'tirofiga sazovor bo‘lgan milliy  taomlarimiz bo‘yicha bilimlarini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 2017 yil 4 aprel kuni viloyat «Barkamol avlod» bolalar markazida o‘tkazilgan «Milliy taomlar» festivali aynan ana shu maqsadda tashkil etildi.

Unda festivalning tuman, shahar bosqichida saralangan yosh pazanda qizlar o‘zaro bellashdilar. Tanlov shartlariga ko‘ra, ular yetti xil taomni pishirilgan holatda, tayyorlash retsepti bilan hakamlar hay'a­tiga taqdim etishdi. Shuningdek, baholash jarayonida dasturxon tuzash, pishirilgan taomlarning dizayni va ishtirokchi qizlarning egnidagi pazandalik liboslariga ham e'tibor qaratildi.

To‘plangan ballar natijalariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 3-umumta'lim maktabining yosh pazanda qizlari g‘olib deb topildi. Ular o‘zlari tayyorlagan milliy taomlarning retseptini va tayyorlanish jarayo­nini she'rlar orqali ifodalab berishdi. Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritgan Sevara Abdullayeva, Gulzana Salimova, Shahlo Safarova, Anjela Rezakova, Mahliyo Haydarova, Jasmina Yumudova va Umida Dilmurodovalar jamoa yutug‘iga munosib hissa qo‘shishdi.


Kiritilgan vaqti: 10/04/2017 15:12;   Ko‘rilganligi: 81
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/milliy-taomlar-festivali
Chop etilgan vaqti: 17/06/2019 20:15
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing