Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Navoiy vorislari

2018 yilning 12-13 fevral kunlari  Navoiy viloyatining Navoiy shahrida “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 05-05/1-4-87-sonli xatiga asosan, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Navoiy viloyat hokimligining 2017 yil 14 apreldagi “Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, Alisher Navoiy hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, asarlarining mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ibot qilish, o‘zbek mumtoz adabiyoti, milliy ma'naviyatimizning rivojlanishida Navoiy ijodini xalq mulkiga aylantirish hamda xalq ta'limi tizimida jonbozlik ko‘rsatayotgan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish maqsadida “Navoiy vorislari” Respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 21-son qaroriga asosan tashkil etilgan  mazkur ko‘rik-tanlovda “Navoiy vorislari” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallagan Pastdarg‘om tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi Yusupova Sevinch Otabek qizi hamda ushbu maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Xushbaqova Feruza Normamatovna ishtirok etishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Pastdarg‘om tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi Sevinch Yusupova “Navoiy g‘azallarini xorijiy tillardagi tarjimalarini yodlash” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni egallab, tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Kiritilgan vaqti: 15/02/2018 11:18;   Ko‘rilganligi: 205
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/navoiy-vorislari
Chop etilgan vaqti: 18/09/2019 06:30
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing