Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘quvchilar bilimini doimiy baholab boramiz

Payariq tumanidagi 84-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘quvchilarning olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazish, ularni o‘qish va izlanishga chorlash, iqtidorini namoyon etish maqsadida turli tanlovlar o‘tkazilib turiladi. “Zakovat”, “Bilimdon”, “Evrika” kabi tanlovlar shular jumlasidandir.

Yaqinda o‘tkazilgan “Evrika” tanlovida ham maktabimizning o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Unda o‘quvchilar sinflar kesimida 18 ta jamoaga bo‘linib, matematika, geografiya, biologiya, chet tili, tarix hamda ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Savollar malakali o‘qituvchilarimiz, shuningdek, fanlar bo‘yicha test kitoblari, oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida tushgan savollar asosida tuzildi. Mantiqiy savollar orqali o‘quvchilarning zukkoligi, fikrlash qobiliyati ham sinovdan o‘tkazildi. Yakunida esa g‘olib jamoalar rag‘batlantirildi. Pedagogik jamoaning sa'y-harakati tufayli bu borada ancha tajriba to‘planganini alohida ta'kidlash joiz. O‘quvchilarda ham o‘z bilimini xolis va haqqoniy bilib olish uchun qiziqish ortib bormoqda. Bu kabi sinovlar o‘quvchilarimizning oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ularning bilimini doimiy oshirib borishiga ham xizmat qilmoqda.

Eldor XO‘ROZOV, Payariq tumanidagi 84-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi


Oxirgi o‘zgarish: 17/12/2019 08:45;   Ko‘rilganligi: 156
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/oquvchilar-bilimini-doimiy-baholab-boramiz
Chop etilgan vaqti: 07/04/2020 22:41
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing