Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘QUVCHILARGA PSIXOLOGIK KO‘MAK BERGAN MUTAXASSISIMIZ RAG‘BATLANTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi bilan hamkorlikda respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

“Umumta'lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik xizmat samaradorligini oshirish muammolari va yechimlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan ikki kunlik anjumanda Samarqand viloyat xalq ta'limi boshqarmasi psixologi Xurshid G‘oziyev ham munosib ishtirok etdi. Psixologimiz “Fanlarni o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarda muammolarning sabablari va ularga yordam ko‘rsatish” mavzusidagi loyiha bilan qatnashdi. —Loyiham doirasida ta'lim olishda qiyinchiliklarga duch kelgan o‘quvchilar bilan ishlashning kompleks tizimini yaratib, aniq vazifalar belgilab olindi, — deydi viloyat xalq ta'limi boshqarmasi psixologi Xurshid G‘oziyev. — Shu asosda umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan 2141 nafar psxologlar uchun maxsus qo‘llanma yaratib, barcha ta'lim muassasalariga yetkazishni maqsad qilganmiz. Vakilimiz ilgari surgan mazkur loyiha respublikamizning sohadagi yetakchi mutaxassislari tomonidan yuqori baholanib, uchinchi o‘ringa munosib, deb topildi. X.G‘oziyev respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkilotchilarining diplom, tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Samarqand viloyat xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 13:11;   Ko‘rilganligi: 134
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/oquvchilarga-psixologik-komak-bergan-mutaxassisimiz-ragbatlantirildi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 07:26
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing