Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

ORASTA QIZLAR

2017 yil 4 aprel kuni Samarqand shahridagi 1-Bolalar Musiqa va san'at maktabida umumta'lim maktablari o‘quvchi-qizlari o‘rtasida sharqona tarbiya, milliy va umuminsoniy  qadriyatlar hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, faol o‘quvchi qizlarni rag‘batlantirish, shuningdek, Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 1 fevraldagi “Umumta'lim maktablari  o‘quvchi-qizlari o‘rtasida ”Orasta qizlar-2017” ko‘rik-tanlovini tashkil etish to‘g‘risida”gi 37-sonli buyrug‘i asosida ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi  o‘tkazildi.

Tanlovda mazkur ko‘rik-tanlovning tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni egallagan 8-9 sinf o‘quvchi-qizlari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar tanishtiruv, tezkor savol-javoblar, erkin mavzu kabi shartlar bo‘yicha o‘z bilim va mahoratini namoyish etdilar.

Hakamlar hay'atining qaroriga ko‘ra, Samarqand shahridagi   13-umumta'lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Gulnigor Yazdonqulova faxrli birinchi, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 18-umumta'lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Munisa Toshqulova hamda Jomboy tumanidagi 37-umumta'lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Shohsanam O‘tkirova ikkinchi, Oqdaryo tumanidagi 37-umumta'lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Azizabonu Qodirova, Samarqand tumanidagi 20-umumta'lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Shahlo Orziyeva hamda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 34-umumta'lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Himmatoy Hasanova uchinchi o‘rinlarni egallashdi. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida faxrli birinchi o‘rinni egallagan Samarqand shahridagi 13-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Gulnigor Yazdonqulova poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkaziladigan mazkur tanlovning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladi.


Kiritilgan vaqti: 05/04/2017 13:25;   Ko‘rilganligi: 85
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/orasta-qizlar
Chop etilgan vaqti: 17/06/2019 20:10
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing