Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Poydevor boshlang‘ich ta'limda qo‘yiladi

Bilim cho‘qqilarini chuqur egallash uchun tamal toshi boshlang‘ich sinfda qo‘yiladi. Ularning ijodkorligi,  xotirasi va dunyoqarashini rivojlantirish, kitob va matn bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, badiiy adabiyotga havas uyg‘otish, erkin fikrlashga o‘rgatish ana shu davrda boshlanadi.

Pastdarg‘om tumanidagi 12, 55, 82-umumta'lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov ana shu maqsadga qaratildi. Boshlang‘ich bilimlarni egallayotgan o‘quvchilar uchun o‘ziga xos sinov bo‘lgan bu tadbirni adolatli o‘tkazish, ularning iqtidorlarini xolisona baholash uchun tuman maktablarining ilg‘or, tajribali va ijodkor o‘qituvchilari tanlab olindi. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari “Kim ko‘p she'r, maqol, tez aytish, topishmoq va ertak biladi?”, “Kimning xati chiroyli?” va “Eng bilimdon o‘quvchi” shartlari bo‘yicha iqtidorlarini  namoyish etdilar.

— Har bir bola bir dunyo, — deydi ko‘rik-tanlov hay'ati a'zosi, tuman xalq ta'limi bo‘limi boshlag‘ich ta'lim fanlari uyushmasi raisi Zebuniso Musurmonova. — Ularning tanlov shart­larini bekamu ko‘st bajarishlari, berilgan savollarga to‘laqonli javob berishlari, chiroyli husnixatda matnlar yozishlari hayratimizni oshirdi.

Iqtidorlilar sinovi bo‘lgan ushbu ko‘rik-tanlovning “Kim ko‘p she'r, maqol, topishmoq, tez aytish biladi?” shartida 1-sinflar o‘rtasida 124-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Daler G‘afforov, 2-sinf­lar o‘rtasida 62-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Shodiyona Olimova,  3-sinf­lar o‘rtasida 113-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Sevinch Qo‘chqorova, 12-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Rayhon Abdullayeva va 4-sinflar o‘rtasida 29-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Gulruh Botirovalar g‘olib deb topildi.

“Kimning xati chiroyli?” shartida esa 8-umumta'lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Gulmira Elmurodova, 115-umumta'lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Nozima Azimjonova, 12-umumta'lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Kumush Xolmurodovalar g‘oliblikni egallashdi. Ko‘rik-tanlovning “Eng bilimdon o‘quvchi” shartida 75-umumta'lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Sevinch Erkinova, 41-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Dinora Sobirova, 85-umumta'lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Bekmirza Abdumo‘minovlar iqtidorlilar safidan o‘rin olishdi.


Kiritilgan vaqti: 14/03/2018 09:05;   Ko‘rilganligi: 202
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/poydevor-boshlangich-talimda-qoyiladi
Chop etilgan vaqti: 15/10/2019 10:03
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing