Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“POZITIV”IMIZ RESPUBLIKADA IKKINCHI

Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovida viloyatimizdan Samarqand shahridagi 21-umumiy o‘rta ta'lim maktabining “Pozitiv” jamoasi qatnashib, final bosqichiga yo‘llanma olgani haqida xabar bergandik...

Quvonarlisi, ushbu bosqichda vakillarimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Yumor” jamoasidan keyingi ikkinchi o‘rinni “Pozitiv” jamoasi egalladi. “Pozitiv”ning iste'dodli a'zolaridan biri Savlat Rustamov esa “Eng quvnoq ishtirokchi” nominatsiyasi bo‘yicha alohida taqdirlandi. O‘quvchilar o‘rtasidagi QVZning uchinchi o‘rni Jizzax viloyatining “Yulduzlar” jamoasiga nasib etdi.

Samarqand viloyat xalq ta'limi
boshqarmasi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 14:07;   Ko‘rilganligi: 139
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/pozitivimiz-respublikada-ikkinchi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 07:09
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing