Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

QONUNNI ANGLAMOQ — FAROVON YASHAMOQ DEMAK

O‘z haq-huquqlarini yaxshi anglagan inson doim uni o‘zgalar tazyiqidan himoya qiladi. Qonunni bilgan va uni hurmat qilgan inson esa jinoyat va huquqbuzarlikka qo‘l urmaydi.

Shu bois qonunlarimiz, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘quvchi yoshlarga puxta o‘rgatish, uning maqsadi, mohiyatini uqtirish muhim ahamiyatga ega. Ana shunday dolzarb vazifadan kelib chiqqan holda Urgut tuman xalq ta'limi bo‘limi tumandagi barcha maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazdi. Unda qariyb 250 nafar o‘quvchi Bosh Qomusimiz haqidagi bilim va tasavvurlarini savol-javoblar hamda rang-tasvirlar orqali namoyon etishdi.
Umumta'lim maktablarining yetakchi o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay'ati ularning bilimi va iqtidorini xolisona baholab borishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Huquqiy savodxonlik” yo‘nalishida Urgut tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchisi Shabbona Abdusamatova 1-o‘rinni, 39-umumiy o‘rta ta'lim maktabining o‘quvchisi Nargiza Axtamova 2-o‘rinni, 81-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchisi Suhrob Sultonov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Tasviriy san'at” yo‘nalishida esa 7-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchisi Nodiraxon Mavjutxonova 1-o‘rinni, 39-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchisi Ruxshona Hamdamova 2-o‘rinni, 90-maktab o‘quvchisi E'zoza Ismatova hamda 36-maktab o‘quvchisi Komila Obloberdiyevalar 3-o‘rinni egallashdi.
G‘oliblar Urgut tuman xalq ta'limi bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand viloyati xalq ta'limi
boshqarmasi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 12/12/2019 06:45;   Ko‘rilganligi: 129
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/qonunni-anglamoq-farovon-yashamoq-demak
Chop etilgan vaqti: 04/04/2020 17:28
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing