Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“Respublika o‘quvchi- qizlar sammiti”da g‘oliblar safida

Joriy yilning 24-26 mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan  “Respublika o‘quvchi-qizlar sammiti”da viloyatimiz shahar, tumanlaridan 16 nafar o‘quvchi-qizlar faol ishtirok etishib, viloyatimiz jamoasi 4 ta yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar safidan o‘rin egallashdi.

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi 1200 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ta'lim olayotgan o‘quvchilarning 298334 nafarini o‘quvchi –qizlar tashkil etadi, 9-10 sinfda o‘qiydigan o‘quvchi-qizlar soni esa 43993 nafardan iborat. Viloyatdagi  barcha umumta'lim maktablarining 9-10-sinflarida  ta'lim olayotgan o‘quvchi–qizlar mazkur buyruq va “Respublika o‘quvchi–qizlar sammitini”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi  Nizom bilan to‘liq tanishtirildi  hamda Sammit o‘quvchi-qizlarga ularning   qiziqishi, iste'dod  va qobiliyatlarini shakllantirish va yuzaga chiqarishga imkoniyat yaratib berishi, sharqona tarbiya, milliy va umummilliy qadriyatlar bilan birga innovatsion bilimlarini mukammalashtirish va kelajakda kasb egallashga bo‘lgan istaklarini mustahkamlashi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Mazkur    ko‘rik-tanlov  6 ta yo‘nalishda: Axborot texnologiyalari,  Media va jurnalistika, Tadbirkorlik va iqtisod yo‘nalishi, Innovatsion menejment, Ta'limga oid ijtimoiy loyihalar, San'at va ijod yo‘nalishlarida o‘tkazilib, qizlarning qiziqishlari va qobiliyatlariga qarab  Sammitda ishtirok etishni istagan o‘quvchilar anketa-savolnoma va og‘zaki suhbatlar asosida saralab olindi.

Tanlovda respublikamizning turli viloyatlaridan ishtirok etgan 30 nafar  o‘quvchi-qizlar Xalq ta'limi vazirligining diplomi  bilan taqdirlandi.

Viloyatimiz jamoasi 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 4 ta diplom olishga muyassar bo‘ldi. Jumladan, “Ta'limga oid ijtimoiy loyihalar” yo‘nalishida  Samarqand shahridagi 45-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Marjona Samadova “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha, Axborot texnologiyalari yo‘nalishida Samarqand tumanidagi 33-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Afruza Istatboyeva “Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha, Media va jurnalistika yo‘nalishida Ishtixon tumanidagi 1-IDUMning 10-sinf o‘quvchisi Munavvar Toliboyeva  “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha, Oqdaryo tumanidagi 45-IDUMning 9-sinf o‘quvchisi Madina Qanoatova esa “San'at va ijod yo‘nalishi” da “Eng yaxshi raqs” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar safidan o‘rin egallashdi.


Kiritilgan vaqti: 29/03/2018 08:40;   Ko‘rilganligi: 296
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/respublika-oquvchi-qizlar-sammitida-goliblar-safida
Chop etilgan vaqti: 07/12/2019 13:07
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing