Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

RUXSHONA — KONSTITUSIYA BILIMDONI

O‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, bosh Qomusimiz —O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi haqidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitusiya — erkinligimiz kafolati” mavzusida insholar tanlovi tashkil etilgandi.

Joriy yilning 1 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida mazkur tanlovning respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz viloyatlaridan bir nafardan avvalgi bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 8-11-sinf o‘quvchilari “Konstitusiya — erkinligimiz kafolati” mavzusida insho yozib, huquqiy savodxonligini namoyon etishdi. Shu bilan birga, yurtimizda qonun ustuvorligi, inson huquq va manfaatlarining ishonchli himoya qilinayotgani, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar aks etgan taqdimotlar qilishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, vakilimiz — Samarqand tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Ruxshona Obidjonova 3-o‘ringa munosib, deb topildi. Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Samarqand viloyat xalq ta'limi
boshqarmasi axborot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 15:47;   Ko‘rilganligi: 154
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/ruxshona-konstitutsiya-bilimdoni
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 02:56
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing