Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Toyloqlik o‘quvchi-qizlar eng “ORASTA QIZLAR”, deb topildi

“Orasta qizlar — 2020” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Ko‘rik-tanlovda viloyatning har bir shahar tumanlaridan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta'lim maktabi o‘quvchi-qizlaridan iborat jamoalar 4 ta shart bo‘yicha bellashishdi. Zukko va bilimdon, eng topqir va kitobxon, shu bilan birga, pazandayu sarishta bo‘lgan qizlar jamoasini hakamlar hay'ati azolari baholab borishdi.

O‘z iste'dodi va iqtidori, bilimi va mahoratini namoyon etgan Toyloq tumanidagi 22-umumta'lim maktabining “Nafosat bilimdonlari” jamoasi birinchi o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Oqdaryo va Samarqand shahri jamoalari ikkinchi, Kattaqo‘rg‘on shahar va Pastdarg‘om hamda Samarqand tumanlari jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari va unda faol ishtirok etgan jamoalarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 04/03/2020 15:30;   Ko‘rilganligi: 50
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/toyloqlik-oquvchi-qizlar-eng-orasta-qizlar-deb-topildi
Chop etilgan vaqti: 07/04/2020 23:24
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing