Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

YILNING ENG ISTE'DODLI YOSH SHOIRI

2018 yil 18 dekabr kuni Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasida «Yilning eng iste'dodli yosh shoiri» ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati ishtirokchisi Sevinch Omonova 1-o‘rinni, Xorazm viloyati ishtirokchisi Saida Boynazarova 2-o‘rinni, Samarqand viloyati ishtirokchisi, Urgut tumanidagi 142-umumta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Shahzoda Ashrapova 3-o‘rinni egalladi. Tadbir ishtirokchilariga Xalq ta'limi vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Ma'lumot o‘rnida. Ko‘rik-tanlov ishtirokchisi Shahzoda Ashrapova 2004 yilda Urgut tumani “Do‘stlik” mahallasida tug‘ilgan. Ayni paytda Urgut tumanidagi 142-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 8-sinfida o‘qiydi. Axborot- resurs markazining faol kitobxoni, Yoshlar ittifoqining faol a'zosi. Maktabda “a'lo” baholarga o‘qish va jamoat ishlarida faol bo‘lish birga she'rlar ham yozadi. She'rlari “Tong yulduzi”, “Erkatoy”, “Gulxan”, “Bilimdon”, viloyat “Zarafshon”, “Yoshlar olami”, “Dono word”, “Urgut sadosi”, “Darakchi” va boshqa bir qator matbuot nashrlarida chop etilgan. Bugungi kunga qadar Shahzoda Ashrapovaning uchta she'riy to‘plami nashr etilgan. “Bobom yaratgan bog‘” – Shahzodaning ilk kitobi “Bag‘ri keng dunyo” - ikkinchi kitobi, “Faxrimsan, Vatan” - uchinchi kitobi.

Oxirgi o‘zgarish: 22/12/2018 08:54;   Ko‘rilganligi: 130
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/yilning-eng-istedodli-yosh-shoiri
Chop etilgan vaqti: 21/07/2019 07:47
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing