Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari

2017 yil 22 sentyabr kuni viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazida “Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.“Barkamol avlod” bolalar markazlarida faoliyat yuritayotgan, ilg‘or ish tajribalariga ega bo‘lgan to‘garak rahbarlarini aniqlash, ularning mehnatini munosib taqdirlash va ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda viloyatimiz tuman, shaharlaridan eng faol to‘garak rahbarlari ishtirok etishdi. 

Qizg‘in munozaralarga boy bo‘lgan tanlov yakunlariga ko‘ra,

1-o‘rinni Samarqand shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi “Yosh jurnalist va notiq” to‘garagi rahbari K.G‘aniyeva,

2-o‘rinni Bulung‘ur tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi “Tasviriy san'at” to‘garagi rahbari N.Otamurodova,

3-o‘rinni Ishtixon tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi “Munchoqli bezak” to‘garagi rahbari M.Turdiyeva egalladi.

Shuningdek, Nurobod tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi “Bichish-tikish” to‘garagi rahbari M.Sulaymonova “Badiiy ijodiyot” yo‘nalishida, Payariq tumani “Barkamol avlod” bolalar markazining “Yosh tabiatshunos” to‘garagi rahbari M.Mamarahimova “O‘lkashunoslik va ekologiya” yo‘nalishida, Kattaqo‘rg‘on shahar  “Barkamol avlod” bolalar markazi “Oila va salomatlik” to‘garagi rahbari N.Burhonova “O‘lkashunoslik va ekologiya” yo‘nalishida,  Samarqand tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi “Kompyuter grafikasi va dizayni” to‘garagi rahbari U.Siddiqova “Texnik ijodkorlik” yo‘nalishida “Eng yaxshi g‘oya muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni egallab, tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 23/09/2017 08:41;   Ko‘rilganligi: 185
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/yilning-eng-yaxshi-togarak-rahbari
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 18:04
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing