Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

YOSH SHAXMATCHILAR TAQDIRLANDI

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha respublika chempionatining final bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu chempionatni tashkil etishdan maqsad o‘quvchilar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish orqali do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirishdir. Musobaqa 3 ta (blits, rapid va standart) yo‘nalishda tashkil etilgan bo‘lib, yakuniy bosqichda 7-17 yoshdagi 180 nafar o‘quvchilar kuch sinashdi.

Mazkur chempionatning taqdirlash marosimi 2019 yilning 4 dekabr kuni Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi 102-son zaif eshituvchi o‘quvchilarga mo‘ljallangan maxsus maktab-internatida bo‘lib o‘tdi. Unda 108 nafar g‘olib va sovrindor bo‘lgan yosh shaxmatchilar taqdirlandi.

Chempionat yakuniga ko‘ra umumjamoa hisobida
1-o‘rin Toshkent shahri,
2-o‘rin Toshkent viloyati
3-o‘rin Samarqand viloyati jamoalari egalladi.


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 16:16;   Ko‘rilganligi: 143
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/yosh-shaxmatchilar-taqdirlandi
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 04:27
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing