Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

“YOSHLAR VA QONUN” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA NARPAY TUMANINING “TAFAKKUR” JAMOASI FAXRLI O‘RINNI EGALLADI

 2019 yil 21-22 iyun kunlari poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni  yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish  to‘g‘risida”gi PF-5618-sonli  Farmoni ijrosi yuzasidan  Xalq ta'limi vazirligi, Kasb-hunar  ta'limi markazi, O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy sudi, Adliya vazirligi  hamda O‘zbekiston  yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qo‘shma qaroriga asosan “Yoshlar va qonun” tanlovining  Respublika bosqichi o‘tkazildi.
       Tanlovda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan               9-11 sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalar 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
        Tanlov yakuniga ko‘ra,  Narpay tumanidagi 17-umumta'lim maktabining “TAFAKKUR” o‘quvchilar jamoasi 86 ball to‘plab, tanlovning faxrli 2-darajali diplomni qo‘lga kiritdi.
        Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari tashkiliy qo‘mitaning diplom, tashakkurnoma  va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Oxirgi o‘zgarish: 22/06/2019 17:30;   Ko‘rilganligi: 176
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/yoshlar-va-qonun-tanlovining-respublika-bosqichida-narpay-tumanining-tafakkur-jamoasi-faxrli-orinni-egalladi
Chop etilgan vaqti: 15/10/2019 09:49
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing