Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

YUZ MILLION SO‘M QAYSI MAKTABGA NASIB ETADI?

Prezidentimizning beshta muhim tashabbusining ijrosini ta'minlash, jumladan, aholi, ayniqsa, yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan to‘rtinchi tashabbusni amalga oshirish maqsadida viloyatimizda “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon maktab” va “Eng yaxshi kitobxon mahalla” ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi.

“Eng yaxshi kitobxon maktab” ko‘rik-tanlovida viloyatda barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarining har biridan yetti nafar, jumladan, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, kutubxonachi va yoshlar ittifoqi yetakchisi, shuningdek, to‘rt nafar kitobxon o‘quvchidan iborat jamoa ishtirok etadi. Ko‘rik-tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Joriy yilning 5-15 dekabr kunlari uning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tsa, joriy yilning 19 dekabr kuni viloyat bosqichi o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlanadi.
“Eng yaxshi kitobxon maktab” ko‘rik-tanlovida jamoa vakillari uch shart — “Tanishtiruv”, “Zukkolar” hamda “Bilimdon o‘quvchi” shartlari bo‘yicha bellashadi. Ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi g‘oliblariga kitoblar jamlanmasi (1-o‘ringa 100 dona, 2-o‘ringa 50 dona, 3-o‘ringa 30 dona) hamda viloyat bosqichi g‘oliblariga esa viloyat hokimi sovg‘asi — 100 million so‘m (1), kompyuter jamlanmasi (2) hamda noutbuk (3) sovg‘a qilinadi.
Ko‘rik-tanlovda barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarining jamoalari faol ishtirok etishi alohida e'tiborga olingan.

Samarqand viloyat xalq ta'limi
boshqarmasi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 15:52;   Ko‘rilganligi: 137
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/contests/yuz-million-som-qaysi-maktabga-nasib-etadi
Chop etilgan vaqti: 28/02/2020 01:03
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing