Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

"Alpomish" oromgohida "BOLALARGA BERING DUNYONI" nomli sport musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi «Alpomish» yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda «Bolalarga bering dunyoni» nomli sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqada oromgohning «Alpomish» hamda Payariq tumanidagi «Kamalak» yozgi bolalar oromgohining «Kamalak» jamoasi a'zolari sportning shaxmat-shashka, suzish, voleybol, basketbol turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Oromgohlarda dam oluvchi o‘quvchilar o‘rtasida «Quvnoq startlar» musobaqasi o‘tkazildi.

Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan «Alpomish» jamoasi vakillari musobaqa tashkilotchilarining esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlari hamda «Samarqand Kitob olami» MCHJ tomonidan tashkil etilgan o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandilar.

Oxirgi o‘zgarish: 25/07/2018 17:50;   Ko‘rilganligi: 325
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/alpomish-oromgohida-bolalarga-bering-dunyoni-nomli-sport-musobaqasi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 07/12/2019 21:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing