Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

2017 yil  27-28 noyabr kunlari viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazida viloyat xalq ta'limi bosh­qarmasi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashining 2017 yil 20 noyabrdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari” uchun “Mehnat yarmarkasi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi  284-q-q, 2-q-q, 02-02\01-14-sonli qo‘shma qaroriga asosan, viloyat va tumanlardagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari hamda Axborot-resurs markazlaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga mutaxassislarni qabul qilish maqsadida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan tashkil etilgan ushbu yarmarkaga 71 kishi murojaat qildi. Viloyatimiz tumanlari va Samar­qand shahridan yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, mehnat shartnomalari tuzildi.


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 10:51;   Ko‘rilganligi: 157
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/bosh-ish-orinlari-yarmarkasi
Chop etilgan vaqti: 19/08/2019 07:00
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing