Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

DARSLARDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING MOHIYATINI TUSHUNTIRISH VA UNING O‘QUVCHI HYOYOTIDAGI AHAMIYATI

Pastdarg‘om tumanidagi 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatida fevral — Matematika va informatika fanlari oyligi munosabati bilan ana shu mavzuda o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda umumta'lim muassasalarining matematika va informatika fanlari o‘qituvchilari, metodistlar ishtirok etdi.

“Ta'lim-tarbiya har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir” shiori ostida tashkil etilgan seminar ishtirokchilari, dastlab, muassasadagi ta'lim-tarbiya jarayonlari, malakali ustoz va murabbiylar faoliyati, maktabning moddiy-texnika bazasi bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, seminar doirasidagi ochiq darslar boshlandi. Matematika fanidan 6-“D” sinfda "Musbat va manfiy sonlarni ko‘paytirish" mavzusida birinchi toifali matematika o‘qituvchisi G.Xudoyqulova, algebra fanidan 7-“B”sinfda "Ko‘phadni ko‘paytuvchilarga ajratishning bir nechta usullarini qo‘llash" mavzusida oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi G.Ro‘ziyeva, geometriya fanidan 8-“B”sinfda "Trigonometriya bobida amaliy mashg‘ulot" mavzusida oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi A.Hamroyevlarning ochiq darslari o‘qituvchilar hamda metodistlar tomonidan kuzatib borildi. Seminar davomida ochiq darslar natijalari, muammolar muhokama qilindi.

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi aniq fanlar metodisti A.Davronov, Pastdarg‘om tuman xalq ta'limi bo‘limi aniq fanlar metodisti N.Tirkashev o‘zlarining takliflarini bildirishdi.

Metodika bo‘limi.


Oxirgi o‘zgarish: 26/02/2020 15:02;   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/darslarda-raqamli-iqtisodiyotning-mohiyatini-tushuntirish-va-uning-oquvchi-hayotidagi-ahamiyati
Chop etilgan vaqti: 07/04/2020 23:05
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing