Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

FAN OYLIGI — TA'LIM SIFATINI OSHIRISH DEMAK

Noyabr — rus tili va adabiyot fani oyligi munosabati bilan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlari, umumta'lim maktablarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, umumta'lim maktablarida fan oyligini yuksak saviyada o‘tkazish, o‘quvchilarning rus tili va adabiyot fani bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, o‘qituvchilarning tajribasini oshirishga qaratilgan turli viloyat seminarlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbir hamda ochiq darslar, turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib kelinayotir. Jumladan, Bulung‘ur tumanida “Rus tilini o‘qitishda paydo bo‘layotgan muammolar yechimi" mavzusida metod birlashmalari, fan o‘qituvchilari ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda tayanch maktab trener o‘qituvchilari darslari kuzatilib, fikr mulohazalar va metodik takliflar berildi. Shu bilan birga, "Osen v Uzbekistane" va "Moy lyubimiy skazochniy geroy" mavzularida devoriy gazeta va rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Jomboy tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari M.Qurbonova hamda M.Habibullayevalar birinchi va ikkinchi o‘rinni egallashdi. Samarqand shahridagi 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchisi Z. Qamarov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, «Skazki gulyayut po svetu» mavzusida ertak qahramonlari festivali o‘tkazildi. Unda barcha shahar va tuman maktablaridan o‘quvchi va o‘qituvchilar ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlari, iste'dodlarini nomoyon etishdi. Shuningdek, fan oyligi davomida o‘quvchilarni rus madaniyati, urf-odatlari, tarixi va yashash tarzi bilan yaqindan tanishtirishga alohida e'tibor qaratyapmiz. Oylik yakuniga qadar «Ti nepovtorim, ti dorog mne rodnoy Uzbekistan!» mavzusida 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovini, 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Luchshiy chtets stixotvoreniy russkix pisateley ob oseni" mavzusida bahru bayt, fan o‘qituvchilari o‘rtasida “Samaya luchshaya razrabotka po russkomu yaziku”, “Samoye luchshee vneklassnoye meropriyatiye” tanlovlarini o‘tkazishni maqsad qilganmiz. Rus tili va adabiyot fani oyligi doirasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar o‘quvchilar bilimini yanada mustahkamlashga, fan o‘qituvchilarining esa o‘z ustida ishlab, mahoratini oshirishga imkon yaratadi. Dilrabo SAYDULLAYEVA

Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 14:22;   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/fan-oyligi-talim-sifatini-oshirish-demak
Chop etilgan vaqti: 10/12/2019 02:27
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing