Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

FRANSUZ TILINI PUXTA O‘QITAMIZ

Samarqand davlat chet tillar instituti hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Xalqaro fransuz tili o‘qituvchilari kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan SamDChTI rektori Ilhom To‘xtasinov, professor Muhammadjon Xolbekov, fransuz tili o‘qituvchisi Meryam Fo Piane va boshqalar talaba va o‘quvchi yoshlarga fransuz tilini puxta o‘qitish, ularni fransuz tarixi, madaniyati bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi. Fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish, bu borada oily ta’lim muassasasi va maktab hamkorligini mustahkamlashga alohida to‘xtalishdi.
Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismi boshlandi. Samarqand shahridagi fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda SamDChTIning iqtidorli yoshlari tomonidan fransuz tilidagi ashulalar aytildi, raqslar ijro etildi.
Zarifa IBODULLAYEVA


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 16:03;   Ko‘rilganligi: 145
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/fransuz-tilini-puxta-oqitamiz
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 02:35
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing