Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Har bir bola mehr va e'tibor og‘ushida

1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 2018 yilning 28 may – 2 iyun kunlari “Har bir bolaga mehr, e'tibor!” shiori ostida maxsus haftalikni tashkil etish bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 22 maydagi 01-42-sonli chora-tadbirlar rejasi, 25 maydagi 05-05/1-4-403-sonli xati hamda viloyat hokimligining 2018 yil 23 maydagi 07/3-314-sonli yig‘ilish bayoniga asosan boshqarmaning 2018 yil 25 maydagi 1481-sonli xati va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi va joylarga ijro uchun yuborildi.

1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 2018 yilning 28 may – 2 iyun kunlari “Har bir bolaga mehr, e'tibor!” shiori ostida maxsus haftalikni tashkil etish bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 22 maydagi 01-42-sonli chora-tadbirlar rejasi, 25 maydagi 05-05/1-4-403-sonli xati hamda viloyat hokimligining 2018 yil 23 maydagi 07/3-314-sonli yig‘ilish bayoniga asosan boshqarmaning 2018 yil 25 maydagi 1481-sonli xati va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi va joylarga ijro uchun yuborildi.

Joriy yilning 28 may kuni Samarqand shahridagi “Yoshlik”istirohat bog‘ida viloyat faollari ishtirokida haftalikning ramziy ochilish tadbiri o‘tkazildi. 28 maydan 31 may sanasiga qadar “Yoshlik” istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbirlarga har bir tuman, shahardan 100 nafardan, Samarqand shahridagi Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarining tarbiyalanuvchilari jalb etilib, istirohat bog‘idagi attraksionlar bepul xizmat qildi va ular uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. 

1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘i hududidagi Alisher Navoiy ko‘chasida “Har bir bolaga mehr, e'tibor!” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.

            Tadbir o‘tadigan hudud 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayramga mos ravishda bezatildi.

          Bayram tadbirida viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat “Kasaba” uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yuldashev, viloyat “Kasaba” uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi S.Rafiqov bolajonlarni 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklab, bolajonlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi. Ularning yurt kelajagi, Vatan ravnaqi, buyuk ajdodlarga munosib avlodlar bo‘lib kamol topishlari uchun mustaqil yurtimizda muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev rahbarligida barcha shart-sharoitlar yaratib berilganligini ta'kidlab,  kelgusidagi o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

          Bayram tadbirida bolalarning badiiy va amaliy ijod namunalari ko‘rgazmalari tashkil etildi. Konsert dasturida Ona Vatan, baxtli bolalik,  tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi qo‘shiqlar yangradi, raqslar ijro etildi. Ayniqsa, sharlar va gullar bilan o‘ralgan ramziy  kirish darvozasi bolajonlarni afsonaviy ertaklar olamiga yetakladi. Ular uchun sahnalashtirilgan qo‘g‘irchoq teatrlari namoyish etildi.

Bolajonlar sevimli ertak qahramonlari bilan zavqlanib raqsga tushdilar.

Tadbir davomida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va ularning oila a'zolari o‘rtasida “Oilaviy quvnoq startlar”, “Kichkina demang bizni” sport musobaqasi o‘tkazildi.

 Viloyat va shahar Axborot-resurs markazlarining badiiy va ilmiy ommabop adabiyotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bolalar musiqa va san'at maktablarining yosh iste'dod egalari “Ona yurt ohanglari” mavzusida konsert dasturlarini namoyish etishdi. Shahardagi bolalar va o‘smirlar sport maktablarining ko‘rgazmasi va ko‘rgazmali chiqishlari, sportning boks, gimnastika, shaxmat-shashka, kurash kabi turlari bo‘yicha viloyat, respublika hamda xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni egallagan yosh sportchilar ishtirokida sport musobaqalari tashkil etildi.

“Mustaqil yurt farzandiman” mavzusida umumta'lim maktablarining (5-8-sinf) iqtidorli rassom o‘quvchilari, “Baxtli bolalik” mavzusida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining molbert va asfaltga rasm chizish tanlovlari, shahardagi 4-5-sinf  o‘quvchilarining “Quvnoq qoida” nomli radio to‘lqin orqali  boshqariladigan avtomobillar poygalari o‘tkazildi.

Ta'lim muassasalarining qo‘g‘irchoq teatri va ertak qahramonlarining chiqishlari tashkil  qilindi. Samarqand shahridagi umumta'lim maktablari, viloyat va shahar “Barkamol avlod” bolalar markazlaridagi zardo‘zlik, kulolchilik, ganchkorlik va yog‘och o‘ymakorligi to‘garaklari a'zolarining ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Samarqand shahridagi Bolalar musiqa va san'at maktablarining xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ulari ko‘rgazmasi va ko‘rgazmali chiqishlari tashkil qilindi.

Viloyat va Samarqand shahar “Barkamol avlod” bolalar markazining to‘garak a'zolari tomonidan qo‘lda yasalgan samolyot modellari, suvda suzuvchi paraxodlar, akkumulyatorlar yordamida harakatlanuvchi transport vositalari ko‘rgazmalari tashkil etildi. Umumta'lim maktablari o‘quvchilari tomonidan turli millat vakillarining kiyinish madaniyati ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Bolaligim podsholigim” bolalar ijodidan ko‘rgazma, “Liboslar jilosi” bolalar kiyimi namoyishi, “Kitoblar olamiga sayohat” zamonaviy kutubxona namunasi ko‘rgazmasi, Yoshlar ittifoqining ta'lim muassasalaridagi to‘garak a'zolari tomonidan qo‘lda yasalgan milliy o‘yinchoqlar, tasviriy va amaliy san'at ko‘rgazmasi, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi “Mening nigohimda” targ‘ibot-tashviqot aksiyasi va “Bola huquqlari davlat himoyasida”, “Biz bir safdamiz” loyihalari, tadbir yakunida “Baxtli bolalik” mavzusida gala konsert tashkil etildi.

Viloyat hokimligi, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro hukumatga qarashli bo‘lmagan xayriya jamg‘armasining viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga “Sitora” yozgi dam olish oromgohida dam olishi uchun imtiyozli yo‘llanmalar topshirildi.

  1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni barcha tuman, shahar markazlaridagi madaniyat va istirohat bog‘larida teatrlashtirilgan tadbirlar, konsert dasturlari, bolalar ijodiyoti ko‘rgazmalari, sport musobaqalari hamda ommaviy sayr-tomoshalari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirlarga viloyat bo‘yicha jami 115850 nafar (103255 nafardan ortiq bolalar) qatnashchilar ishtirok etishdi.

Maxsus haftalik va 1 iyun kuni o‘tkazilgan tadbirlar markaziy hamda viloyat teleradiokompaniyasi, bosma matbuot nashrlari orqali keng yoritildi.  


Kiritilgan vaqti: 02/06/2018 09:38;   Ko‘rilganligi: 229
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/har-bir-bola-mehr-va-etibor-ogushida
Chop etilgan vaqti: 15/10/2019 09:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing