Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Kitob – bilim manbai

2017 yil 26 yanvar kuni Samarqand shahridagi Konsert zalida «Kitob mutolaa¬si va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Samarqand shahar Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda Axborot-resurs markazlari vakillari, maktablarning kutubxonachilari, shahar maktablari direktorlari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda kitobxon oilalar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir dasturiga ko‘ra, shahardagi 51 va 77-umumta'lim maktablari o‘quvchilarining kitoblar tarixi haqidagi ma'lumotlari, kitobni tarannum etuvchi she'rlari hamda 76-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining chiqishlari barchada iliq taassurot qoldirdi. Shuningdek, 37, 43-umumta'lim maktablari o‘quvchilari, viloyat «Barkamol avlod» markazi to‘garak a'zolari va shahar Axborot-resurs markazi xodimlari ham tadbirda faollik ko‘rsatishdi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nigora Rabbimova, «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev, taniqli shoira Xosiyat Bobomurodova ishtirok etdilar.


Kiritilgan vaqti: 30/01/2017 07:58;   Ko‘rilganligi: 144
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/kitob-bilim-manbai
Chop etilgan vaqti: 19/08/2019 03:12
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing