Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“KO‘ZLARINGDA BAXT PORLASIN, BOLAJON!”

Samarqand viloyat xalq ta'limi boshqarmasiga qarashli ixtisoslashtirilgan 60-son zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-internatida 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ana shu shior ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida Prezidentimizning beshta muhim tashabbusining ijrosini ta'minlash, maktab-internati o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklashish, ularning sport bilan shug‘ullanishi, iqtidor va iste'dodlarini namoyon etishlariga alohida e'tibor qaratildi.
Shaxmat va shashka, stol tennisi, estafetali yugurish bo‘yicha musobaqalar uyushtirildi, iqtidorli yosh rassomlar o‘z qobiliyatini namoyon etishdi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi shahar kengashining vakillari tomonidan o‘quvchilarning turli sohalarga oid bilimlari sinovdan o‘tkazilib, savollarga tezkor va to‘g‘ri javob berganlari rag‘batlantirildi.
Tadbir davomida maktab-internati o‘quvchilariga qishki issiq kiyimlar, kitob va o‘quv qurollaridan iborat sovg‘alar topshirilib, bayram dasturxoni yozildi.
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya tadbirlari boshqa maxsus maktab-internatlarida ham tashkil etilib, bolalarga homiylarning sovg‘alari topshirildi.

Samarqand viloyat xalq ta'limi
boshqarmasi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 15:56;   Ko‘rilganligi: 133
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/kozlaringda-baxt-porlasin-bolajon
Chop etilgan vaqti: 05/04/2020 05:46
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing