Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MAKTABLARDA SAVODXONLIK TADBIRLARI O‘TMOQDA

Joriy o‘quv yilida Samarqand shahridagi 13-umumiy o‘rta ta'lim maktabiga 160 nafar 1-sinf o‘quvchilari qabul qilindi. Ikkita o‘zbek va ikkita rus sinflarida ta'lim-tarbiya olayotgan jajji kichkintoylarimiz ishtirokida qishgi ta'til oldidan savodxonlik bayramlari tashkil etilmoqda.

Maktabimizdagi 1-“A” sinfining savodxonlik bayrami ham yuqori saviyada o‘tkazildi. Sinf rahbari Nilufar Umarovaning sa'y-harakati bilan bolajonlarning qalbida o‘qish va uqishga bo‘lgan mehr yanada ortgan. Bu bevosita sinf rahbarining tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda ham namoyon bo‘ldi.
O‘quvchilarning biyron tillaridan she'r va qo‘shiqlar jarangladi. Turli ertaklar asosidagi rollar ijro etishdi. Jajji qizaloqlarning raqslari barchaga xushnudlik bag‘ishladi. Tadbirda jam bo‘lgan “Nayman” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda ota-onalar bolajonlarni savodli va iqtidorli qilib tarbiyalayotgan ustozlarga minnatdorchilik bildirishdi.
Sevara QODIROVA,
13-umumta'lim maktabi
direktorining o‘rinbosari


Oxirgi o‘zgarish: 27/12/2019 15:38;   Ko‘rilganligi: 138
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/maktablarda-savodxonlik-tadbirlari-otmoqda
Chop etilgan vaqti: 08/04/2020 17:28
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing