Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

METODISTLAR OCHIQ DARSNI KUZATDI

Ishtixon tumanidagi 35-umumta’lim maktabida rus tili va ingliz tili fanlari bo'yicha aniqlangan bo`shliqlarni to`ldirish bo`yicha ochiq darslar tashkil etildi.

Darslar noan'anaviy tarzda tashkil etildi. Ushbu maktab o‘quvchilariga boshqa maktablarning o`qituvchilari dars o`tib berishdi. Ochiq darslarda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi rus tili va adabiyoti va chet tillar metodistlari ishtirok etib, o‘qituvchilarning darslarini kuzatib borishdi. Aniqlangan bo`shliqlarni kuzatib bordi va ularni bartaraf etish bo'yicha o`z fikr va tavsiyalarini berishdi.

Jumladan, ochiq darslarni tashkil qilish va ilg`or o`qituvchilar ishini  ommalashtirilish tartibi to'g'risida metodik tavsiyalar berildi. Ochiq darslardan so'ng qizg`in muhokamalar o`tkazilib, o`qituvchilar o`zaro tajriba almashdilar. O`qituvchilarning har bir darsi ochiq darsdek samarali, qizg‘iz bahs-munozaralarga boy o`tishi lozimligi haqida takliflar bildirildi.

Zarifa IBODULLOYEVA,

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining

chet tillar metodisti


Kiritilgan vaqti: 24/02/2020 16:03;   Ko‘rilganligi: 61
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/metodistlar-ochiq-darsni-kuzatdi
Chop etilgan vaqti: 07/04/2020 23:32
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing